Page 125 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 125

tuzilishi: 7-gidrooksillar; 2-aluminiy, magniy va boshqa kationlar.



                         Atomlar  turlar  ichida  simmetrik  shaklda  joylashgan  bo‘lib,  turgun

                  strukturalarni xosil siladi. Ba’zan kremnekislorodli tetraedrlarda bir kiem kremniy

                  aluminiy bilan, magniy va temir o‘zaro almashishi mumkin. Kremnekislorodli va

                  kislorod-gidroksil-aluminiyli  turlar  tetraedr-oktaedrli  qobiqlarni  yoki  tugunlarni

                  hosil  kilib,  neytral,  ijobiy  yoki  salbiy  zaryadlangan  bo‘ladi.  Masalan,  agar

                  tetraedrdagi kremniy aluminiy bilan almashingan bulsa, salbiy zaryad xosil bo‘lib,

                  kation bilan neytral xolatga kelishi mumkin. Bun ga misol qilib muskovitni olsak

                  buladi, pirofillitda tetraedrda xamma pozitsiyalar kremniy bilan egallangan bo‘lib,

                  qobig‘lar  elektroneytraldir,  chunki  strukturada  qo‘shimcha  kationlar  yukdir.

                  Montmorrillonitda  kationlar  izomorf  xolatda  tetraedr  va  oktaedr tarkibiga  kirishi

                  mumkin.  Biroq  qobiqlar  o‘rtasiga  joylashgan  kationlar  hamma  vaqt  almashish

                  qobiliyatiga ega bo‘lmasliklari mumkin.

                         Minerallar  tuzilishi,  k,avatlarining  soni,  shakli  va  kationlarning  izomorf

                  joylashishi bilan farq qiladi. Rentgenografik usul bilan minerallarni tashkil qilgan S

                  o‘qi bo‘yicha joylashgan qavatlar o‘rtasidagi masofani o‘lchash bilan aniqlanadi.

                  Masalan,  kaolinitda  bu  oraliq  masofa  7,1  A,  montmorrillonitda  glitserin  bilan

                  tuyintirilgandan  keyin  qavatlar  orasidagi  masofa  esa  17,6  A,  muskovit  va

                  gidroslyudalarda esa 10 A ni tashkil etadi. Kaolinitda bitta oktaedrga bitta tetraedr

                  to‘g‘ri keladi, shuning uchun bu shakldagi minerallar ikki qobig‘li yoki ikki qavatli

                  deyiladi. Montmorillonit va gidroslyudalarda ikkita tetraedrga bitta oktaedr tugri

                  keladi  va  ular  uch  qavatli  shakldagi  minerallar  deyiladi.  Kationlarni  oktaedrda

                  joylashishiga k,arab minerallar di — va uchoktaedrik turlariga bulinadi. Masalan,

                  oktaedrda kationlar 2/3 kremni egallashsa, dioktaedrik minerallar deyiladi. Bunga

                  aluminiy  kationlari  misol  buladi,  ularning  turkumiga  montmorrillonit,  beydellit,

                  nontronit,  galluazit  va  illit  kabi  minerallar  kiradi.  Agar  aluminiy  magniy  bilan

                  almashea,  bu  minerallar  uchoktaedrik  shakllarni  tashkil  qiladi.  Uchoktaedrik

                  minerallarga  biotit,  vermikulit,  magniyli  xloritlar  kiradi.  Tetraedr  bilan  oktaedr

                  turlari  urtasidagi  nisbatlar  1:1  kaolinit,  2:1  montmorillonit;  2  :  2  xlorit  shaklda

                  belgilanadi.
   120   121   122   123   124   125   126   127   128   129   130