Page 124 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 124
Ularning tarkibiga Si, Al, Fe, Mg, K, Mp, O, ON kimyoviy elementlar kiradi.
Loy minerallari uziga xos strukturaga ega bo‘lib, asosan kdtlamli silikatlardan
iboratdir, ya’ni kremniy kislorodli tetraedr va kislorod-gidroksil-aluminiyli
oktaedrdan tashkil topgandir. Ikkilamchi minerallar yerning ustki qismida tog‘
jinslarining yemirilishi va tuproq tarkibida birlamchi minerallarni iqlim va bioximik
jarayonlar ta’siri natijasida hosil bo‘adi. Shuningdek, loy minerallari yerning chukur
qismida mida yuqori harorat, bosim hamda gidrotermal sharoitda ham hosil bo‘lishi
mumkin. Ikkilamchi minerallarning tuzilishi elektronografik va rentgenografik
usullari bilan anikdangan, ularning tarkibi Si, A1, O, ON, Fe, Mg, K, Mp dan tashkil
topgandir. Minerallar kdtlami silikatlar shaklida tuzilgan bo‘lib, qobig‘lar kremniy-
kislorodli tetraedr va kislorod gidrooksil-aluminiydan tashkil topgan oktaedrdan
iboratdir.
1- rasm. Kremnekislorodli tetraedrning tuzilishi (a) va
ularni geksagonal shaklda (b) joylanishi.
Tetraedrlar markazida kislorod atomlari o‘rtasida kremniy joylashgan buladi
(1-rasm), bir nechta tetraedrlar o‘zaro birikib, tekis tur qobig‘ini tashkil qiladi.
Oktaedrlarda esa kislorod yoki gidrooksil atomlari aluminiy, magniy, temir va
boshka kationlar bilan o‘ralgan buladi. Oktaedrlar gibbsitga A1(ON) 3 yoki brusitga
o‘xshash Mg(OH) 2 birikmalarni tashkil etadi.
2- rasm. Oktaedr (o) va ulardan iborat bo‘lgan shaklning (b)