Page 119 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 119
organizm turlari bilan xarakterlanadi. Bunda har bir davr o‘tgan davrga nisbatan
yuqori rivojlangan yangi organizm guruhlari bilan farq qiladi.
Tog‘ jinslarning mutlaq (absolyut) yoshini aniqlash
Tog‘ jinslarining mutlaq yoshini aniqlash uchun bir qancha usullar mavjud
bo‘lib, ularning ko‘pchiligi elementlarning radioaktiv parchalanishga asoslangan.
Unda uran, toriy, rubidiy, kaliy, uglerod va vodorodlarning radiaktiv izotoplari 238
V, 235 V, 232 Th, 87 Rb, 40 K, 14 C, 3H laridan foydalaniladi.
Ma’lumki ko‘rsatilgan izotoplar turg‘un emas, ular har xil tezlik bilan
to‘xtovsiz parchalanish xususiyatiga ega bo‘lib, ularning yarim parchalanish
davrlarini ifodalab berish mumkin.
19-jadval
RADIOAKTIV PARCHALANISH
Oxirgi maxsulot Yarim parchalanish davri mlrd.yil
238 206 Pb 4,468
U
235 207 Pb 0,7038
U
232 Th 208 Pb 14,008
87 Rb 87 48,8
Sr
40 40 Ar 1,30
K
40 C 1,30
14 14 5730 yil
C
N
3 2 12,5 yil
H
H
Radioaktiv izotoplar minerallarining kristallanish vaqtidan boshlab atom
soati vazifasini bajaradi va jadvalda ko‘rsatilgan izotoplarning hech qaysinisi to‘liq
yo‘qolib ketgan emas, 14 C va 3H izotoplari esa, atmosferaning yuqori qatlamlarida
doimo yangilanib turishadi.
Tog‘ jinslarining mutlaq yoshini aniqlashda Uran-qo‘rgoshin, toriy-
qo‘rgoshin va qo‘rgoshin izotoplari, kaliy-argon, rubidiy-stronsiy usullaridan
foydalaniladi. Masalan: Uran 288 bir qancha o‘zgarishlardan keyin qo‘rg‘oshin
206 ga aylanadi. 1 gramm uran 238 1000 mln. Yilda 0,116 gr. Qo‘rgoshin 206 ga
aylanadi, qoldiq 0,865 gr uran bo‘ladi. Shuncha uran 238. 2000 mln. yilda 0,219 g