Page 117 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 117
Leysit
Lazurit – Na8[AlSiO4]6[S04]. Tarkibida NaO - 16,8%, SaO - 8,7%, A1 2O 3
- 27,2%, SiO 2 - 31,8%, S0 3 - 11,8%. U kubik singoniyali, rangi to‘k ko‘k,
binafsha, ba’zan havo rang, shishadek yaltiraydi. Uning kattikdigi 5,5; mo‘rt;
solishtirma ogirligi 2,4. U odatda ishqorli, nordon-ishqorli jinslar va ularning
pegmatitlarida topiladi. Lazurit kurkam bezak tosh sifatida ishlatiladi.
Laboratoriya ish ini bajarish tartibi:
1. Urganilayotgan mineral yakka kristallari va mineral
agregatlarining shakllarini anikdash;
2. Mineralning optik xossalari (rangi, chizigining rangi, shaffofligi
va yaltiroqligi)ni aniqlash.
3. Minerallarning ulanish tekisligi va sinish yuzalarini anikdash.
4. Minerallarning qattiqligini Moos shkalasidagi ztalon minerallar
yerdamida aniqlash.
5. Minerallarning taxminiy solishtirma ogirligini anikdash.
6. Minerallarning boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini anikdash: ta’mi, xidi,
10% li xlorid kislotasi bilan reaksiyaga kirishishi, magnit tortishish xususiyati,
kayishkokdish, elastikligi va boshqalar.
Ish bo‘yicha berilgan topshiriqlar:
1. Keltirilgan misol yordamida silikatlar guruhi minerallaridan karkassimon
(to‘qimasimon) guruhga kiradigan minerallarni fizik va boshqa xossalarini
aniklang, jadvalda aks ettiring.