Page 112 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 112
Glaukonit - K(Fe,Al,Mg)3[Si3 [SiAl]lO10(OH)2nH2O. Tarkibida K 20 - 4-
9,5%, N a 20 - 3 gacha, Al 2O 3 - 5,5-26,3%, Fe 2O 3- 6,1%, FeO - 8,6 gacha,
MgO - 2,4-4,5%. SiO 2 -47,6-52,9%, H 20-4,9-13,5% bo‘ladi. U monoklin
singoniyali, yaxshi kristali kam uchraydi. Uning rangi to‘q yashildan koramtir-
yashilgacha, shishadek yaltiraydi, yog‘langandek, qattiqligi 2-3, mo‘rt,
solishtirma ogirligi 2,8 gacha. Glaukonit dengiz va okeanlarning biroz sasz kirgok
bo‘ylarida yuzaga kelgan cho‘kindilarda (kumtoig, gil), karbonatli jinslarda,
fosforitli qatlamlarda keng tarqalgan. U kand-shakar, pivo pishirish,
to‘kimachiliqda qo‘llaniladi.
Glaukonit
Amaliy mashg‘ulotni bajarish tartibi:
1. O‘rganilayotgan mineral yakka kristallari va mineral agregatlarining
shakllarini aniqlash;
2. Mineralning optik xossalari (rangi, chizigining rangi, shaffofligi va
yaltiroqligi) ni aniqlash.
3. Minerallarning ulanish tekisligi va sinish yuzalarini aniqlash.
4. Minerallarning qatgakdigini Moos shkalasidagi etalon minerallaryordamida
aniqlash.