Page 107 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 107
Muskovit
Lepidolit — K(Li,AI)2[(Si,Al)4O10](F,OH)2 Monoklin singoniyali,
varaq- varak plastinkadan yoki yupqa tangachalardan iborat bo‘ladi. Rangi ok,
ko‘pincha pushti, och gunafsha rangda, yaltirashi shishadek, yuzalari sadafdek;
qattikdigi 2- 3, varaqchalari egiluvchan, solishtirma ogirligi 2,9. Pegmatitlarda,
greyzenlarda va yuqori haroratli gidrotermal tomirlarda uchraydi. Odatda
spodumen, turmalin, topaz, kassiterit, flyuoritlar bilan birga yuzaga keladi.
Lepidolit
Flogopit-KMg [(OH)2(AlSi3O10)]. Mineral nomi grekcha «Flogopos»-
«olovdek» demakdir; ba’zida “magniyli slyuda” deyiladi. Monoklin singoniyali,
monoklin prizmatik, qiyofasi tabletkasimon, kalta prizmatik, ba’zan kesik piramida
shayushda bo‘ladi. Uning rangi och sarg‘ish-ko‘ngir, kumushdek tovlanadi.
Yaltirashi shishadek, sadafdek tovlanadi. Qattiqligi 2-3. Flogopit pegmatit va
kontakt-metasomatik jinslarda uchraydi. Uning yo‘ldosh minerallari: diopsid,
forsterit, shpinel, dolomit, dala shpatlari va skopolitlar.