Page 102 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 102
ularning pegmatitlarida ko‘p uchraydi. Bularda flyuorit, turmalin, kvars, berill,
kassiterit, volframitlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalar hosil qiladi, Topaz
ayniqsa greyzenlarda keng tarqalgan. U slanes, gneyslar oralaridagi yuqori
haroratli gidrotermal tomirlarda ham yuzaga keladi. Topazning yirik, shaffof
rangli chiroyli kristallari bezak tosh hisoblanadi.
Topaz
Disten - Al 2[SiO 4]. Yunoncha «di» - ikki xil; «stenos» - qarshilik
ko‘rsatuvchi, ya’ni ikki xil yo‘nalishda ikki xil qattiqlikka ega.
Tarkibi A1 20 3 - 63,1%, SiO 2 - 3.6 9%. U triklin singoniyali, cho‘ziq
ustunsimon, ba’zan yassi taxtachaga o‘xshash kristallari yuzaga keladi. Uning
rangi havo rang, ko‘k, ba’zan yashil, yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi
yuzasi sadafdek yaltiraydi, qattiqligi yonida 7,5, ko‘ndalang yo‘nalishda 6. U
mo‘rt, mukammal, solishtirma ogirligi 3,5-3,7.
Disten kristallangan slaneslar uchun tipomorf mineral xssoblanadi. U
metamorfik jinslarda stavrolit va sillimanitlar bilan birga uchraydi.
Disten
Soizit - Ca2Al3[Si2O7][SiO4]O[OH]. Tarkibida SaO - 24.6%, A1 20
33,9%, SiO 2 - 39,5%, N 2O - 2%, ayrimda Fe 2O 3 - 2-5% gacha bo‘ladi. Rombik
singoniyali, simmetriya ko‘rinishi rombodipiramidal, kristallari prizmatik,
agregatlari nayzasimon yoki donador tueilgan bo‘ladi. U kulrang tovlanadi,