Page 100 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 100
Andradit - Ca 2Fe 2[Si0 4] 3 Uvaravit - Ca 3Cr 2[Si0 4] 3
Granatlar guruxi minerallari kub singoniyali; simmetriya ko‘rinishi
geksaoktaedrik. Kristall kiyofasi rombik dodekaedr, tetragon-trioktaedr. Ko‘pikcha
donador yaxlit massalar xolida toniladi. Granatlarning rangi va tarkibi o‘zgaruvchan
bo‘ladi. Odatda ular qizil, qo‘ng‘ir-qizil, sariq, zumrad- yashil, qoramtir, ba’zan
qora. Qattiqligi 6,5- 7,5, notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma ogirligi 3,5-
4,2. Granatlarga xos belgi-kristallarning o‘ziga xos kiyofasi, yoglangandek
yaltirashi, o‘ta qattiqligi. Granatlar kontakt-metasomatik, regional metomorfizmda
yuzaga keladi. Granatlarning shaffof rangli chiroyli xillari zargarlik ishlarida
qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi.
Sirkon-ZrSiO4. Nomi forscha “Sar”-oltin, “gun”-rang degan so‘zlarni
anglatadi. Uning tarkibida ZrO 2-67% va SiO 2-32% bo‘ladi, aralashma tariqasida
gafniy HfO 2-4%, siyrak yer elementlaridan Y 2O 3 va Ce 2O 3 aniqlangan.Bulardan
tashqari Nb va Ta%, ba’zan ThO 2-1,5% bo‘ladi.
Singoniyasi - tetragonal. Tabiatda tetragonal-dipiramidal, ba’zan prizma
shaklida uchraydi. Qattiqligi- 7-8. U notekis chig‘anoqsimon yuzalar hosil qilib
sinadi. Solishtirma ogirligi 4,6-4,7; uning o‘zgargan xili - sirtalitlarda 3,8 gacha
kamayadi. Sirkon turlari bo‘lgan malakon va sirtalit odatda radioaktivdir. Sirkon
kristallari ko‘proq tetragonal kalta ustunsimon hamda dipiramidal qiyofada
uchraydi.
Sirkon magmatik intruziv jinslar - nefelinli sienitlarda, granitlarda,
gneyslarda xol-xol bo‘lib joylashgan shakllarda bo‘ladi. Odatda nordon va ishqorli
jinslarning pegmatitlarida kengroq mikdorda uchraydi. Sirkonning shaffof hamda
rangi chiroyli xillari zargarlikda ishlatiladi. Gafniy va sirkoniy ajratib olinadi.