Page 95 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 95
38-rasm. Mirabilit
Angidrit – CаSO4 Tarkibi СaO - 41,2%, SO 3 - 58,8%. Qalin tabletkasimon
yoki prizmatik. Tabiatda yaxlit donador massalar, ba’zan nayzasimon holida
uchraydi. Uning rangi oq, havo rang, kulrang, qizg‘ish tusda bo‘ladi. Ba’zan rangsiz
shaffof xillari mavjud, shishadek yaltiraydi, ulanish tekisligi mukammal, qattikqligi
- 3,5, solishtirma og‘irligi - 3,0. Namgarchilik ko‘p joylarda angidrit gipsga aylanadi.
Natijada hajmi 30% gacha kengayadi. Angidritning katta uyumlari cho‘kindi tog‘
jinslari oralarida qatlam-qatlam bo‘lib joylashadi. U tuz konlarining asosiy
minerallaridandir, dengiz va ko‘llarda harorat 42°Ss dan yuqori bo‘lganda
kristallanadi. U galit, silvin, karnallit va boshqalar bilan qavat-qavat qog‘ozdek
yupqa qatlamchalar tashkil etadi.
39-rasm. Angidrit
Gips – СaSO4*2H2O. Tarkibi СaO — 32,5%, SO 3 - 46,6%, N 20 - 20,9%.
Mexanik aralashma holida turli gillar qum, organik moddalar bo‘ladi. U
monoklin singoniyali, yo‘g‘on tabletkasimon, ayrimda ustunsimon yoki prizmatik
ko‘rinishda bo‘ladi. Gips yoriklarda asbestga o‘xshash ipaksimon xolda joylashadi.
Iirik, alohida-alohida kristallari -qaldirg‘och dumiga va ba’zan atirgulga o‘xshash
shakllar hosil qilib uchraydi. Uning rangi ok, shaffof, ba’zida asaldek sarik, qizil va
qoramtir bo‘ladi. U shishadek yaltiraydi, ulanish tekisligi sadafdek. Gipsning
qattiqligi 1,5-2 (tirnoqda chiziladi), solishtirma og‘irligi 2, ulanish tekisligi