Page 91 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 91
Malaxit bilan yo‘ldosh mineral sifatida azurit, xrizokolla, tenorit, kuprit, sof
mis va boshqalar bilan birga paragenetik assotsiatsiya xosil qiladi. Malaxit bezak
buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
33-rasm. Malaxit
Azurit – CuslCO3l2 (ON)2- Nomi fransuzcha «azure» - xavorang demakdir.
Tarkibida SuO -69,2%, SO 2 ,25,6%, H 2O - 5,2% bo‘ladi. U monoklinal singoniyali,
tabiatda kalta ustuncha yoki prizma, qalin tabletkasimon shakllarda topilgan.
Azuritning rangi to‘q ko‘k, havorang, yaltirashi shisha kabi. Uning qattikligi - 4,
solishtirma og‘irligi - 3,9; ulanish tekisligi mukammal emas. U sulfid konlarining
oksidlanish zonalarida yuzaga keladi.
Azurit va malaxit odatda birga uchraydi. Ammo mikdori bo‘yicha malaxit
keng tarqalgan.
34-rasm. Azurit
Mashg‘ulotni bajarish tartibi:
1.Urganilayotgan mineral yakka kristallari va mineral agregatlarining
shakllarini aniqlash;
2.Mineralning optik xossalari (rangi, chizig‘ining rangi, shaffofligi va
yaltiroqligi)ni aniqlash.
3. Minerallarning ulanish tekisligi va sinish yuzalarini aniqlash.