Page 87 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 87
Masalan, misli karbonatlar — yashil va ko‘k, tarkibida uran mavjud bo‘lgan
karbonatlar sariq rangda bo‘ladi. Lantanoidga boy karbonat minerallari esa qo‘ng‘ir,
kobaltlilar esa binafsha rangida bo‘ladi.
Aksariyat karbonatlar ekzogen va gidrotermal jarayonlarda paydo bo‘ladi.
CHunki ularning ko‘pchiligi okean va dengizlarda, nisbatan kamrog‘i - gidrotermal
sharoitda yuzaga keladi. Karbonat guruhiga kiradigan minerallar suvsiz va suvli
turlarga bo‘linadi.
Kalsit – SaCO3. Tarkibida SaO — 56%, SO 2 — 44%. Aralashma holda Mg,
Fe, Mn - 8% gacha, kamroq Zn- 2% gacha, Sr va boshqalar bo‘ladi. Kalsit trigonal
singoniyali, qattikligi — 3, solishtirma og‘irligi — 2,8, ulanish tekisligi mukammal,
ancha mo‘rt mineral. Uning yaxshi kristallari mavjud, kalsitning shakli o‘ziga xos
belgi bo‘lib, hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq (28-rasm).
28-rasm. Kalsit.
Toza, shaffof kalsit - island shpati deyiladi. U rangsiz, nurni ikkilantirib
sindirish kursatkichi nihoyatda yukori. Tabiatda magmatik kalsit karbonatitlarda
dayka va kichik shtoklar hosil qiladi. Magmatik kalsit ishqorli magmatik jinslarda
va ularning turlarida ko‘proq uchraydi. Kalsit gidrotermal sharoitda ham paydo
bo‘ladi va benixoya yirik kristallar xosil qiladi. Kalsitning qalin qatlamlari va yirik
uyumlari biogen va xemogen usulda yuzaga keladi. Ular ohaktosh, mergel, bur
jinslari bilan birga bo‘ladi. Uning minerallari sement hamda optik (island shpati)
asboblar tayyorlashda asosiy manba hisoblanadi.
Rodoxrozit —Mn(CO3), yunoncha «rodon» - atirgul. Tarkibida - MnO -
61,7%, SO2 - 38,3%. Izomorf aralashma sifatida Fe, Mg, Zn, Co ishtirok etadi.
Yaxshi kristallari kam uchraydi. Odatda mayda donador, zich massa holda bo‘ladi.
Rangi pushti (malina rangiga o‘xshash) bo‘lib, donador mayin tuproqsimon