Page 82 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 82
yuzaga keladi. SHpinelning mutlaqo shaffof va darzi yo‘q yirik kristallari
qimmatbaxo bezak toshlar sifatida ishlatib kelinmoqda.
SHpinel
Xrizoberill — BeA12O4. Uning zumrad kabi yashil turi aleksandrit deyiladi.
Xrizoberill tarkibi kuyidagicha: BeO - 19,8%, Al-0; -80,2%, aralashma sifatida
FezO 3 — 3,5-6%, ba’zan TiO 2 — 3% gacha va Cr 2O 3 - 0,4% ishtirok etadi.
Aleksandritning zumrad kabi yashil rangi xrom aralashmasiga bog‘liq. Xrizoberill
rombik singoniyali bo‘lib, kristallari qalin taxtasimon, ba’zan qisqa va uzun
ustunsimon prizmatik bo‘ladi. Xrizoberill odatda sariq rangli, yashilrok, goho
rangsiz bo‘ladi. Uning qattiqligi — 8,5; solishtirma og‘irligi 3,8; ulanish tekisligi
ba’zi tomonlari bo‘yicha mukammal. U kislotalarda erimaydi, ancha barqaror
mineral.
Xrizoberillning mineral uyumlari pegmatitlarda, kontakt-metasomatik
jarayonlarda yuzaga keladi. U slanetslar oralarida ham paydo bo‘ladi va zumrad,
dala shpatlari bilan birga uchraydi. Xrizoberillning shaffof, gӯzal rangli xillari
qimmatbaho bezak tosh sifatida ishlatilmoqda.
Xrizoberill — BeA12O4.
Kolumbit-tantalit (Fe,Mn)Nb2O5-(Fe2Mn)Ta2O5 — uzluksiz izomorf
aralashmalar qatorini hosil qiladi. Tabiatda kolumbit va tantalit alohida mineral