Page 81 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 81

Xromshpinelidlar  -  (Mg,Fe),(Cr,Al,Fe)202.  Kimyoviy  tarkibiga  binoan

                  xromshpinelidlar  kuyidagi  turlarga  bo‘linadi:  xromit  FeCr 2O 4,  magnoxromit

                  (Mg,Fe)Cr 2O 4,  alyumoxromit  Fe(Cr 2Al) 2O 4  va  xrompikotit  (Mg,Fe)(Cr,Al) 20 4.

                  Ushbu turlarda Sr 2O 3 mikdori 18-62% gacha o‘zgaradi, FeO- 0-18%, MgO-6-16%,

                  Al 2O 5  -  33%,  Fe 2O 3-2-30%.  Bulardan  tashqari  tarkibida  TiO2-  2%  gacha,  1,0%

                  chamasi  MnO  va  biroz  vanadiy  oksidi  bo‘ladi.  Ular  kub  singoniyali.  Uta  asosli


                  jinslarda  xromit  oktaedrik  shakllarda  mavjud.  Donador,  yirik  kristalli  yaxlit
                  agregatlar tarzida uchraydi. Rangi kora, yarim shaffof, ba’zan to‘q qizil, jigar rangli.


                  Xromshpinelidlarning  yaltirog‘ligi  metalldek,  qattikligi  5,5-7,5;  ulanish  tekisligi
                  yo‘q, solishtirma og‘irligi — 4,8; tarkibida temir bo‘lgan xromshpinelidlar kuchsiz


                  magnit tortish xususiyatiga ega.
                         Xromshpinelidlar  doimo  o‘ta-asosli  magmatik  jinslarning  oralarida  shtok,


                  uyasimon,  ustunsimon  shaklli  yirik  konlar  hosil  qiladi.  Ayrim  o‘ta  asos  intruziv

                  jinslarda  xromshpinelidlar  platinoid  guruhi  minerallari  bilan  birga  paragenetik

                  bog‘liqligi  aniklangan.  Nurash  zonalarida    xromshpinelidlar  kimyoviy  barqaror;

                  ammo issiq iqlimli sharoitda ular ham oksidlanadi va parchalanadi.

















                                                          Xromshpinelidlar

                         SHpinel — MgA204. Tarkibida MgO - 28,2, Al-03 — 71,8% ni tashkil etadi.

                  SHpinel  kub  singoniyali.  Odatda  jinslar  oralarida  oktaedrik  shakllarda  uchratish

                  mumkin. Uning kristallari uncha katta bo‘lmaydi, ba’zan yirik 25 smlik donalari

                  uchraydi. SHpinel rangsiz, shaffof, har xil rangli qizil, pushti, yashil, ko‘k ranglilari

                  mavjud.  U  shisha  kabi  yaltiraydi,  qattikligi  —  8,  solishtirma  og‘irligi  —  3,8.

                  Kislotalar ta’sir etmaydi.

                         SHpinellar  kontakt-metasomatik  jarayonlar  maxsuli  bo‘lib,  granatlar,

                  piroksenlar bilan birga paragenetik uyushmalarda uchraydi. U ba’zan pegmatitlarda
   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86