Page 76 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 76

Gematit — Fe203.

                         Rutil — TiO2. Nomi yunoncha «rutilus» - qizil degani. Bunda Tі — 60%, 0-

                  40% bo‘ladi. Rutilning temirga boy xilini - nigirin, niobiy va tantalli turi - stryuverit

                  deb yuritiladi. Rutilning tolasimon, qilsimon ko‘rinishidagisi - sagenit deyiladi. U

                  tetragonal singoniyada kristallanadi; odatda prizmasimon, ninasimon, ustunsimon

                  shakllarda bo‘ladi. Rutil qo‘ng‘ir, to‘q sarik, qizil va qora ranglarda uchraydi. U

                  olmos kabi yaltiraydi, qattikligi — 6, solishtirma og‘irligi -4,2; ancha mo‘rt mineral.

                         Rutil xilma-xil sharoitlarda hosil bo‘ladi. Kamdan-kam holda o‘rta va nordon

                  intruziv jinslarda va ular pegmatitlar hamda metamorfik jinslarda paydo bo‘ladi.



















                                                            Rutil — TiO2.

                         Kassiterit- SnO2. YUnoncha «kassiteris» qalayi demakdir. Tarkibida Sn -

                  78,8%, aralashma holda Nb, Ta, Ti uchraydi. U tetragonal singoniyali. Kassiterit

                  kristallari  keng  tarqalgan.  Ular  mayda,  ba’zan  10  sm  gacha  yiriklarini  uchratish

                  mumkin. Uning rangi smolaga o‘xshash. U olmos kabi yaltiraydi. Qattiqligi 6-7,

                  solishtirma  og‘irligi  6,8-7,0,  mo‘rt  mineral.  Kassiterit  genetik  jihatdan  nordon

                  intruziv jinslar bilan uzviy bog‘liq. Kassiterit kontakt-metasomatik sulfid konlarida
   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80   81