Page 77 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 77
paydo bo‘ladi. Bundan tashqari gidrotermal sharoitda kvars-kassiterit va sulfid-
kassiterit formatsiyali yirik konlarini hosil qiladi. Kassiterit ma’danlari qalayi
olinadigan birdan-bir xom ashyo hisoblanadi.
Pirolyuzit – MnO2. Tarkibida Mn 63,2% bo‘ladi. Tetragonal singoniyali,
yashirin kristallangan, kukunsimon, kurumsimon, buyraksimon agregatlar
ko‘rinishida uchraydi. Rangi qora, u metallarga xos ko‘kimtir tusda tovlanadi.
Pirolyuzitning qattiqligi 5-6, solishtirma og‘irligi 4,7-5,0. UNSІ da eriydi va xlor
ajralib chiqadi. Pirolyuzit nurash jarayonidan hosil bo‘ladi.
Pirolyuzit – MnO2
Uraninit — UO2. Mineral nomi tarkibiga qarab berilgan. Uraninit kubik
singoniyali oktaedr va rombik dodekaedr qiyofalarda bo‘ladi hamda buyraksimon,
oqiq shakllarda uchratish mumkin. Uning rangi qora, ba’zan rangsiz binafsha holda
tovlanadi va yarim metall kabi yaltiraydi, odatda smolaga o‘xshash qora. Qattikligi
5-6, solishtirma og‘irligi 10-10,6. U kuchli
radioaktiv metall. Uraninitning yirik uyumlari ishqorli va nordon to‘q
qo‘ng‘ir, ba’zan qora jinslarning pegmatitlarida aniqlangan.
Uraninitning konlari gidrotermal jarayonlarda paydo bo‘ladi. Bulardan
tashkari ekzogen sharoitlarda hosil bo‘lgan yirik konlarini uchratish mumkin.