Page 75 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 75

Korund — Al203. Tarkibida Al - 52,91% va O - 47,09%. Korund trigonal va

                  metalloidlarning kislorod va singoniyali bo‘lib, odatda kristallari to‘g‘ri tuzilgan;

                  ustunsimon, bochkasimon, piramidal ko‘rinishlarda uchraydi. Uning rangi ko‘kish,

                  sarg‘ish- kulrang, ba’zan shaffof bo‘ladi. Korundning turli rangli qimmatbaho xillari

                  ham uchraydi (ko‘k - sapfir va qizil - rubin). U shisha kabi yaltiraydi. Qattikligi - 9,

                  solishtirma og‘irligi 3,95-4,0, ulanish tekisligi yo‘q. Korund odatda glinozemga boy,


                  kremnezemi kam. Intruziv jinslarda sienit, anortozitlarda uchraydi hamda kontakt
                  metasomatik  jarayonlarda  ham  yuzaga  keladi.  Ko‘proq  miqdorda  regional


                  metamorfizm natijasida yuzaga kelgan jinslarda hosil bo‘ladi.



















                                                       Korund — Al203.

                         Gematit — Fe203. Nomi grekcha «gematikos» qonli, qon rang so‘zidan kelib

                  chiqqan. Tarkibida Fe — 70%, O — 30%, kam mikdorda Tі bilan Mg ishtirok etadi.

                  U  trigonal  singoniyali  bo‘lib,  plastinkasimon,  romboedrik,  ba’zan  kichik

                  taxtachasimon  kristallar  holida  uchraydi. Bulardan  tashqari  zich,  yaxlit  massalar

                  holida, varaq-varaq agregatlarga o‘xshash ko‘rinishlarda bo‘ladi. Gematitning rangi

                  - kulrang, qora. Uning chizig‘i olchadek qizil; shaffof, ba’zan yarim metall kabi

                  yaltiraydi. Gematitning qattikligi 5,5-6,0, solishtirma og‘irligi — 5,2, ancha mo‘rt

                  bo‘ladi. U NSІ da sekin eriydi.

                         Gematit  asos,  o‘rta  va  nordon  intruziv  jinslarda  paydo  bo‘ladi,  ba’zan

                  gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Regional metamorfizm xosilasi kristallik

                  slanetslarda va kontaktli metamorfik jinslarda ko‘p uchraydi. Gematit temir olishda

                  asosiy sanoatbop xom ashyo hisoblanadi.
   70   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80