Page 85 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 85
Psilomelan -MnO-MnO2*nH2O. Kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan: MnO -60-
80%, H 20 - 4-6% atrofida. Rombik singoniyali, ko‘pincha konsentrik zonal
tuzilishdan oqiq shakllar yoki dendritsimon gardlari ham uchraydi. Uning rangi
qora, ba’zan ko‘ng‘ir-qora, yarim metall kabi yaltiraydi. Qattikligi 4-6, solishtirma
og‘irligi 4,4-4,7; ancha mo‘rt. Bu guruhga kiradigan minerallar ma’danlarning
oksidlanish zonalarida cho‘kish yo‘li bilan hosil bo‘ladi.
Psilomelan
Mashg‘ulotni bajarish tartibi:
1. Urganilayotgan mineral yakka kristallari va mineral agregatlarining shakllarini
aniqlash;
2. Mineralning optik xossalari (rangi, chizig‘ining rangi, shaffofligi va
yaltiroqligi)ni aniqlash.
3. Minerallarning ulanish tekisligi va sinish yuzalarini aniqlash.
4. Minerallarning qattiqligini Moos shkalasidagi etalon minerallar yordamida
aniklash.
5. Minerallarning taxminiy solishtirma og‘irligini aniqlash.
6. Minerallarning boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash: ta’mi,
xidi, 10 % li xlorid kislotasi bilan reaksiyaga kirishishi, magnit
tortishish xususiyati, qayishqoqligi, elastikligi va boshqalar.
Ish bo‘yicha berilgan topshiriqlar:
1. Keltirilgan misol yordamida nitratlarga va oksidlar sinfi minerallaridan gematit,
magnetit, rutil, anataz, ilmenit, shpinel, limonit, kuprit, korund, xalsedon, opal va
boshqalariga ta’rif bering, ularning fizik va boshqa xossalarini aniqlang, jadvalda
aks ettiring.