Page 83 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 83
holda uchraydi. Kolumbitda 10-12% Ta 2O 5, tantalitda esa46-62% Ta 20 5 bo‘ladi.
Ba’zan tarkibida skandiy va lantanoidlar - 2%, titan-4,6%, kalayi, volframlarning
mikdori-1% atrofida aniklangan. Ular rombik singoniyali bo‘lib, taxtasimon,
ayrimda kalta ustunsimon kristallari aniklangan. Ularning rangi qora, ko‘ng‘ir qora,
yarim metall kabi yaltiraydi, qattiqligi 6, solishtirma og‘irligi 5,2-8,2 gacha.
Kolumbit o‘zidan elektr toki o‘tkazadi hamda kislotalarda erimaydi. Kolumbit va
tantalitni tashki belgilariga qarab ajratish qiyin.
Kolumbit-tantalit
Bularning yirik uyumlari nordon va ishkorli jinslarning pegmatitlarida yuzaga
keladi va kvars, muskovit, turmalin, volframit, kassiterit, samarskit va monatsitlar
bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. U oksidlanish zonalarida barqaror, ularning
sochma konlari ham uchrab turadi. Bu minerallarning konlari Norvegiya, Fransiya,
Rossiya (Kola yarim oroli), O‘zbekistonda Nurota tog‘larida Oqtog‘ va Okchop
granitlarining pegmatitlarida topilgan. Ushbu minerallar niobiy va tantal metallarini
qazib olishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Gidrooksidlar
Bu guruhga kiradigan minerallar orasida eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
gidratlar yoki gidrooksidlar deb yuritiladigan minerallar, yana metallarning oksidlar
tarkibidagi kislorod va ON gidrooksil guruhi bilan hosil qilgan birikmalari kiradi.
Maasalan, magniy oksidi MgO o‘rnida Mg(ON) 2, alyuminiy oksidi Al 2O 3 O‘rnida
2AIO(ON) yoki 2A1(ON) 3 Gidrooksidlarning aksariyati past xaroratda hosil
bo‘ladi. juda issik iklimli maydonlarda tarkibidagi suvni yo‘qotib yana oksidlarga
aylanadi.
Brusit - Mg(OH)2. Tarkibida 69% MgO va 31% H 2O mavjud. Mineral
trigonal singoniyali bo‘lib, katlam-qatlam holda tuzilgan. Brusit qalin mineralining