Page 88 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 88

massalarga o‘xshaydi. Yaltirashi shishadek, qattiqligi 3,5-4,5; solishtirma og‘irligi -

                  3,6; ancha mo‘rt mineral. Marganetsning kam uchraydigan gidrotermal temir yoki

                  metasomatik  konlarida  rodoxrozit,  sulfid  va  marganets  oksidlari  bilan  bir

                  assotsiatsiyada  braunit,  gausmanit,  baritlar  bilan  birga  bo‘ladi.  Rodoxrozit  yirik

                  massalar holida dengiz cho‘kindi konlarida ko‘proq uchraydi.


















                                                     29-rasm. Rodoxrozit.
                           Magnezit – MgCO3.Tarkibida MgO - 47,6%, SO, — 52,4%. Tabiatda yirik


                  kristallari ham uchraydi. Uning rangi —oq, sarg‘ish va kul rang bo‘lib tovlanadi.
                  Uning yaltirashi shishadek, qattikligi 4,1-4,5; solishtirma og‘irligi 2,9-3,1; mo‘rt;


                  ulanish  tekisligi  romboedr  bo‘yicha  mukammal,  sinishi  notekis.  Tabiatda  keng

                  tarqalgan magnezit o‘ta asos intruziv jinslari dunit, peridotit va piroksenitlarning

                  so‘nggi jarayonlarda o‘zgarishi va nurash oqibatida paydo bo‘ladi.

                           Ushbu magnezitlar bronzit, serpentin, talklar bilan birga uchraydi. Kuyidagi

                  holda yuzaga kelgan magnezit, ba’zan yirik konlar xosil qiladi. Ayrim yirik konlar

                  gidrotermal-metasomatik jarayonlarda paydo bo‘ladi.

                           Unda  magnezit  dolomit, kalsit, barit, talk, kvars, pirit, xalkopiritlar  bilan

                  paragenetik assotsiatsiyada yuzaga keladi.



















                                                     30-rasm. Magnezit.
   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93