Page 94 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 94

paydo bo‘ladi va gips, angidrid, stronsianit va baritlar bilan birga uchraydi. U dengiz

                  organizmlarida,       jumladan      radiolyariya     va     ammonitlarning       toshqotgan

                  chiganoklarida aniklangan. Selestin stronsiy olishda birdan bir manbadir.
















                                                       36-rasm. Selestin

                           Anglezit  -  PbSO4.  Birinchi  marta  Anglezi  orolida  topilgan  bo‘lib,  nomi

                  shundan kelib chikqan. Tarkibida RbO - 73,6%, SO 3 — 26,4% bo‘ladi. U rombik

                  singoniyali, tabletkasimon, ba’zan kalta ustunsimon, piramidal kiyofalarda bo‘ladi.

                  Odatda, u rangsiz, shaffof, kulrang, olmosdek yaltiraydi, qattikligi -3; solishtirma

                  og‘irligi - 6,4;  ulanish tekisligi rombik bo‘yicha mukammal. Qo‘rg‘oshin va boshqa

                  sulfid konlarining oksidlanish zonalarida paydo bo‘ladi. Anglezit galenit sifatida,


                  ulanish tekisligi bo‘ylab oksidlanishi tufayli vujudga keladi.
















                                                        37-rasm. Anglezit

                           Mirabilit — Na2SO410H20. Ko‘pincha u «glauber tuzi" deyiladi. Tarkibi

                  Na 2O  -  19,3%,  SO 3  –  24,8%,  H 2O  -   kristallari  kalta  ustunsimon  qiyofaga  ega.

                  Odatda, yaxlit donador, po‘stloq gard ko‘rinishda topiladi. U rangsiz, shaffof, ba’zan

                  xira sarg‘ish, ko‘kimtir yashilrok tusda tovlanadi. Uning qattiqligi 1,5-2; solishtirma

                  og‘irligi  1,5%;B  shishadek  yaltiraydi.  Quruq  va  issiq  havoda  tarkibidagi  suvi

                  yo‘qoladi  va  tenarditga  aylanadi.  Mirabilit  suvda  oson  eriydi.  Natriy  va  sulfat

                  anionlari bilan to‘yingan sho‘r suvli ko‘llarda hosil bo‘ladi.
   89   90   91   92   93   94   95   96   97   98   99