Page 111 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 111
Montmorillonit
Shamozit-Fe4Al[Si3AlO10[OH]6 nH2O. Tarkibi o‘zgaruvchan (%
hisobida) G‘eO - 34-42, G‘e 2O 3, Al 2O 3 - 13-20,1, S i0 2 - 22-29, N 20 - 10-13;
aralashma holida MgO - 4,4%, SaO - 1,6% bo‘ladi. U monoklin singoniyali, rangi
yashildan qoragacha, shishasimon yaltiraydi, qattiqligi - 3, solishtirma ogirligi 3,4.
Shamozit har xil yoshdagi cho‘kindi temir ma’danlarida tarkalgan. Temir
sulfidlari, siderit bilan temir bipga uchraydi. U ba’zan katta-katta qatlam jinslar
tarzida topiladi va shunday paytlarda temir madani sifatida sanoat ahamiyatiga ega.
Shamozit
Vermikulit-(Mg,Fe)2[(SiAl)4O10(ON)-4N2O. Nomi yunoncha
«vermikulus» - chuvalchang so‘zidan kelib chiqqan, sababi uni kizdirganda uzun
chuvalchangsimon ustunchalar va tolalar hosil bo‘ladi. Tarkibida MgO - 14- 23%,
G‘e 2O 3 - 5-17%, G‘eO - 1-3%, Si0 2 - 37-42%, Al 2O 3 - 10-13%, H 20 - 8-18%;
bundan tashqari K 2O- 5% gacha va NiO -11% gacha bo‘ladi.
Monoklin singoniyali, ko‘ng‘ir, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, sarik, ba’zan yashilroq
slyudalardek yaltiroq; yog‘langandek. Uning qattiqligi 1-1,5; solishtirma ogirligi
2,4-2,7. Vermikulit 900-1000°S qizdirilganda 25 marta kengayadi. Tabiatda
slyudalarning nurashidan yuzaga keladi.