Page 116 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 116
Felshpatoidlar Bu guruhga kiradigan minerallar kremniy oksidiga
to‘yinmagan, kaliy va natriyga boy bo‘lgan magmalardan yuzaga keladi. Bu
guruhga nefelin, leysit, analsim, nozein, gayuin va sodalitlar kiradi.
Nefelin — Na 2K[AlSi 3O 8]. Nomi yunoncha «nefeli» - budut so‘zidan kelib
chiqqan. U NS1 da osonlik bilan parchalanib, bulutsimon kremniy oksidi hosil
kiladi. Nefelin geksagonal singoniyali, simmetriya ko‘rinishi geksagonal-
piramidal, ishqorli magmatik jinslarda xol-xol bo‘lib yuzaga keladi. U rangsiz,
odatda kul rang, sarg‘ish, yashilroq tuslarda topiladi; shaffof, shishadek jttiraydi;
singan joylari yog‘langandek ko‘rinadi. Solishtirma ogirligi 2,6; qattiqligi 5-6;
ancha mo‘rt. Nefelin deyarli kremnezyomga kambagal jinslarda-nefelinli
sienitlarda va ularning pegmatitlarida keng tarkalgan. Intruziv jinslarda ishqorli
piroksenlar va amfibollar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda uchraydi.
Nefelin
Leysit – K[AlSi2O6]. Yunoncha «leykos» - “och rangli” degan ma’noni
anglatadi. Tarkibida K 2O - 21,5%, A1 2O 3 - 23,5%, SiO 2 - 55%, biroz Na 2O, Sa,
N 2O ishtirok etadi. Uning singan joylari shishadek, yoglanggandek yaltiraydi.
Qattiqligi 5-6; mo‘rt. Solishtirma ogirligi 2,5 gacha. Leysit vulkan jinslariga
mansub mineral. U ishqorli piroksenlar (egirin yoki egirin- avgitlar) bilan birga
uchraydi.