Page 120 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 120
qo‘rgoshin 206 ga aylanadi qoldiq 0,747 g uran 238. Shunday qilib, hosil bo‘lgan
qo‘rg‘oshin 206 ning miqdorini va qolgan 238 ning miqdorini aniq o‘lchab olinsa,
shu moddalar mavjud bo‘lgan tog‘ jinsining qachon kristallana boshlaganligini
xisoblab chiqish mumkin. Bu usulning yaxshiligi shundaki 5 mlrd yildan 100 mln
yilgacha diapazonda hosil bo‘lgan tog‘ jinslarning yoshini aniqlash mumkin.
Kaliy- argon usuli Kaliyning izotoplaridan biri 40K radioaktiv. U bir xil
tezlikda Ar 40 ga aylana boshlaydi, oxiri Ca 40 aylanadi. Argon o‘chuvchi modda
bo‘lganligi uchun u atmosferada uchraydi va uning 0,99 % ni tashkil qiladi.
Radioaktiv parchalanishda hosil bo‘lgan argon atmosfera tarkibidagi argondan
atom og‘irliklari 36 va 38 ga teng bo‘lgan birmuncha yengil izotoplari yo‘qligi bilan
farq qiladi.
Tekshirilayotgan mineralning yoki tog‘ jinsining yoshini hisoblab chiqarish
uchun uning tarkibidagi radiogen - argon va kaliy qancha ekanligini bilish lozim.
Massa - spektrometr yordamida kaliyning qancha ekanligi ximiyaviiy yo‘l bilan
aniqlanadi. Oddiy kaliyning 0,0122 % ni kaliy 40 tashkil qiladi. Tekshiralayotgan
moddada argon 40 va kaliy 40 miqdori aniqlanib, moddaning mutloq yoshi hisoblab
chiqariladi.
Tabiatda kaliyli minerallar ko‘p tarqalganligi uchun kaliy - argonli uslubdan
keng foydalanish mumkin.
Rubidiy - stronsiy uslubi ham kaliy - argon uslubiga o‘xshash bo‘lib, bunda
Rb87 bir tekis tezlikda parchalanib turg‘un Sr 87 ga aylanadi. Ular orasidagi
og‘irliklarining farqidan foydalanib, minerallar va tog‘ jinslarining aniq yoshini
bilib olish mumkin. Rubidiy sochma holda kaliyli minerallarning deyarli
hammasida mavjud bo‘lganligi, rubidiy stronsiy uslubi bilan mutlaq yoshni
aniqlash keng qo‘llanilishiga imkon yaratib beradi. Bundan tashqari petrograflar
ba’zi minerallardagi juda mayda izlarni o‘rganib ularning uran neytronlari ta’sirida
vujudga kelganligini aniqlaganlar va shunga asoslanib minerallarning yoshini
hisoblaganlar. Kelajakda bu og‘ir mehnat va qimmatbaho asboblar talab qiladigan
mutlaq yoshni aniqlash usullarining yengil yo‘llari topilishi aniq.