Page 113 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 113
TO‘QIMASIMON (KARKASSIMON) SILIKATLAR SINFI
MINERALLARINI O‘RGANISH.
Ishning maksadi: To‘qimasimon (karkassimon) silikatlar sinfidagi
minerallarning fizik xossalariga ta’rif berish.
Ishda foydalaniladigan asboblar va jixozdar:
- minerallar kamunalari;
- laboratoriya ishiga oid adabiyotlar;
- plakatlar;
- mineral kolleksiyalari;
- kristallar xaqida slayd-filmlar to‘plami,
Ishning nazariy asoslari:
1. Plagioklazlar.
2. Kaliy-natriyli dala shpatlari.
3. Feldshpatoidlar.
KARKASSIMON SILIKATLAR
[Si 3AlO 3] yoki [Si 2Al 2O 8] turdagi murakkab umumiy radikalga ega bo‘lgan
alyumo- va kremnekislorodli tetraedrlarning uch o‘lchamli uzluksiz karkasidan
iborat bo‘ladi. Tetraedrlardagi kislorodning barcha atomlari umumiy bo‘lgan karkas
strukturasi asos hieoblanadi va karkas fakdt kremnekislorodli tetraedrlardan tuzilgan
holda u kvars karkasi sifatida neytral bo‘ladi. Alyumosilikatlarda karkas
strukturalarining borligi va turli- tumanligi ularda alyumokislorodli tetraedrlarning
mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda ortiqcha manfiy zaryad turli kationlar bilan
kompensatsiyalangan bo‘ladi.
Tashqi sharoitlarda beqaror bo‘lgan karkasli alyumosilikatlar parchalanadi,
gidratatsiyalanadi va natijada slyudalar, gidroslyudalar va gilli minerallar vujudga
keladi. Ular tarkibi bo‘yicha uch guruhga: dala shpatlari, feldshpatoidlar va
seolitlarga bo‘linishi mumkin.
Dala shpatlari guruhi
Dala shpatlari guruhi silikatlar orasida yer po‘stida keng tarkalgan bo‘lib,
ogarligi bo‘yicha 50% ni tashkil etadi. Dala shpatlari kimyoviy tarkibi va inki