Page 130 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 130
tekisligidan qaytarish qobiliyatiga, shakliga va boshqa belgilariga eʼtibor beriladi.
Minerallarni aniqlashdagi asosiy ko‘rsatkichlar N.V.Milner (1968) va
V.V.Tatarskiy (1965) yozgan qo‘llanmada berilgan.
Polyarizatsion mik roskop yordami bilan minerallar tayyorlangan shliflarda
yoki maydalangan tuproq namunalarini immersion eritmalar yordami bilan
aniqlanadi, bunda mineral bilan eritmaning yorug‘likni sindirish qobiliyati
solishtiriladi. Yana ikkinchi usul asosan, minerallarni qaytgan nurlarda o‘rganishdir.
Polyarizatsion mikroskopda qo‘shimcha opak illyuminatordan foydalaniladi. Bu
asbob yordami bilan yorug‘lik nuri obyektiv va silliqlangan shlif yuzasiga
yuboriladi, sungra nur obyektdan qaytib, obyektiv orqali okulyarga tushadi.
Mikroskop yordamida qaytgan nurda mineralning rangi o‘rganiladi. Sungra esa
nurning mineral yuzasidan sinib qaytish xossalari o‘rganiladi. Shuni taʼkidlab o‘tish
lozimki, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan fizik asbob-uskunalardan tashqari, tuproq, va
tog‘ jinsi yirik zarrachalari sharoitidagi minerallar spektrofotometrik, skaner tipidagi
mikroskoplar va umumiy kimyoviy usullar yordamida xam aniqlanadi.
Min-10 va Polam S.Sh mikroskopi. Minerallarni aniqlash uchun
elektron mikroskop.
Loy va kolloid zarrachalar tarkibidagi minerallarni elektron
mikroskop yordami bilan aniqlash
Tuproq tarkibidagi minerallarning shaklini, tuzilishini, xajmini o‘rganishda
elektron mikroskoplar katta rol o‘ynaydi. Elektron mikroskoplarning ishlash prinsipi
manbadan chiqayotgan elektronlarning tekshirilayotgan materialdan o‘tish
qobiliyatiga bogliqdir. Elektron mikroskoplarni mukammallashtirish