Page 131 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 131

tekshirilayotgan minerallarni molekulyar kattalikda o‘rganishga imkoniyat yaratib

                  beradi. Elektron mikroskoplar ishlash imkoniyatlariga qarab uchta sinfga bulinadi.

                  Agar  mikroskopning  texnik  imkoniyati  10-17  A  yuqori  o‘lchamdagi  moddalarni

                  aniqlashga muvofiq bo‘lsa, birinchi, undan pastlari esa ikkinchi va uchinchi sinfga

                  kiritiladi.  Bu  toifadagi  elektron  mikroskoplar  Rossiyada  (UEMV-YUOK,  EMV-

                  YUOL, EMV-YUOM, EM-200), FRG (ORSTOM), Angliyada (AEL), Yaponiyada


                         (GeOl,     HJTACHJ),       Chexoslovakiyada        (TESLA) ishlab       chitsariladi.
                  Elektron  mikroskopda  olingan  natijalar  tayyorlangan  tuproq,  zarrachalarining


                  sifatiga ham bevosita bog‘liqdir.
                              Tuproq loy qismidan elektron mikroskosda tekshirish uchun


                                                 namunalar tayyorlash
                         Elektron  mikroskoplar  yordami  bilan  minerallarni  batafsil  ko‘rish  uchun


                  tuproq  loy  zarrachalaridan  namunalar  tayyorlash  quyidagi  operatsiyalarni  o‘z

                  ichiga oladi:

                         1)     misdan  qilingan  turlarga  kollodiy  yoki  formvar  eritmasidan

                  tayyorlangan pardalarni joylashtirish;

                         2)     tuproq va tog‘ jinslaridan dispergatsiya usuli bilan fraksiyalar ajratish;


                         3)     tekshirish  uchun  ajratilgan  tuproq  suspenziyasini  to‘r  pardalarga

                  joylashtirish.  Buning  uchun  analitik  tarozida  0,1  gr  quruq  kollodiy  eritmasi

                  tayyorlanadi. Mis plastinka tozalanib, maxsus moslama yordamida doira shaklida

                  kesib olinadi. Shisha kristallizatorga distillangan suv solinib, uning ustki qismiga

                  bir  necha  marta  amilatsetat  eritmasi  tomiziladi  va  suv  ustida  hosil  bo‘lgan

                  pardaning uchi bilan olib tashlanadi. So‘ngra bir tomchi amilatsetat suvga tomizilib,

                  yupqa  parda  hosil  qilinadi,  uning  ustiga  muychinak  yordami  bilan  mis  to‘rlar

                  o‘rnatiladi. Tayyorlangan turli pardani bir chetdan astagina suvga shisha plastinka

                  yordami bilan botirib, 30° burchak bilan ag‘dariladi, natijada mis tur ustini kollodiy

                  pardalari  qoplaydi.  Tayyorlangan  pardali  turlarga  mikropipetka  yordami  bilan

                  tuproq, suspenziyasidan tomiziladi.

                         Tuproq namunalari quyidagicha tayyorlanadi. Tuproq tarkibidagi gips,

                  karbonat va tuzlar, kuchsiz xlorid kislotasi taʼsirida yemirilib, distillangan suv bilan
   126   127   128   129   130   131   132   133   134   135   136