Page 132 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 132

yuvib tashlanadi, so‘ngra tuproq; quritilib, maydalangach, tarozida o‘lchab 0,1 gr

                  olinadi  va  probirkalarga  solinib  yaxshilab  aralashtiriladi.  Bir  sutkadan  keyin

                  mikropipetkada  mayda  tomchisi  to‘r  parda  ustiga  tomiziladi.  Tajribalar  shuni

                  ko‘rsatadiki, kollodiy eritmasidan tayyorlangan to‘rlar katodsan chikdan elektron

                  bosimi oshgan sayin  qizib kuyib ketadi. Shuning uchun bu tur pardalar ko‘mir, alyu

                  miniy plastinka, kumush changlari yordami bilan vakuum ostida mustaxkamlanadi.


                  Bo‘lmasa kvars eritmasi yoki boshqa issiqqa va bosimga chidamli modsalardan
                  yupqa  pardalar  yasaladi.  Elektron  mikroskop  oynasida  hosil  bulgan  tasvir


                  tekshirilayotgan  tuproq,  minerallarining  elektron  zarrachalarini  o‘tkazish  va
                  qaytarish  qobiliyatiga  bogliqdir.  Obyektning  yupqa  yoki  qalinligiga  qarab


                  mikroskop ekranida ochiq va qoramtir holatda minerallarning tasviri hosil bo‘ladi.
                  Shuning uchun obyektlarni o‘rtacha qalinlikda tayyorlash kerak, o‘shanda mineral


                  agregatlari orasida bo‘shliq payda paydo bo‘ladi. Elektron mikroskoplarning yana

                  bir afzalligi shundan iboratki, tuproqning loy qismidagi minerallarni o‘rganish bilan

                  birga,    ayrim     minerallarning  kristallik        tuzilishidag    kamchiligini      ham

                  mikrodifraksiya usuli bilan mukammal tekshirish mumkin.

                         Xozirgi  paytda  elektron  mikroskoplarni  yanada  mukammallashtirish  ikki

                  yo‘nalishda:  yaʼni  ularning  energetik  quvvatini  kuchaytirish,  mikrodifraksiyani

                  rivojlantirish  va  rastr  tipidagi  magnit  maydonida  tasvir  beradigan  turlarni

                  ko‘paytirish yo‘li bilan olib borilmoqda. Bu tipdagi mikroskoplar yordamida kuchli

                  toklar  hosil  qilgan  elektromagnit  maydonida  tuproq,  minerallarining  tashqi

                  tuzilishini  mukammal  o‘rganish  mumkin.  Elektron  mikroskoplarda  yorug‘

                  nurlarning  o‘rniga  to‘lqin  uzunligi  50-100  ming  marta  kichik  bo‘lgan  elektron

                  nurlar ishlatiladi. Oddiy mikroskopdagi optik linzalar elektron mikroskopda elektr

                  va  magnit  to‘lqinlar  bilan  almashtiriladi.  Elektron  mikroskopda  elektronlar

                  xavodagi gaz xolatidagi molekulalar bilan to‘qnashmasligi uchun xavosiz vakuum

                  hosil qilinadi.

                         Vakuum  mikroskop  kollonnasida forvakuum va diffuzion nasoslar yordami

                  bilan amalga oshiriladi. Tez harakat qiluvchi elektronlar tekshirilayotganda modda

                  orqali o‘tib ekranda tasvir hosil qiladi.

                         Mikroskopi ishga tayyor xolatga keltirgach, tekshiriladigan tuproq, namunasi
   127   128   129   130   131   132   133   134   135   136   137