Page 146 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 146
Olivinning tarkibi (Mg, Fe) 2SiO 4 silikatdan iborat bo‘lib, rombik singoniya
bo‘yicha kristallanadi, rangsiz yoki sarg‘ish yashil bo‘lib, qattiqligi 6,5-7,0,
solishtirma og‘irligi 3,3-3,5 iboratdir. Gematit esa qizil rangda bo‘lib (Fe 2O 3)
trigonal singoniyada kristallanib qora rangdan kulranggacha, qattiqligi 5,5-6,0,
solishtirma og‘irligi 5,0-5,2 tengdir. Magnetit - FeFe20 4, magnitli temir bo‘lib
kubsimon singoniyada kristallanib qora rangdadir, qattiqligi 5,5-6,0, solishtirma
og‘irligi 4,9-5,2 tengdir.
Apatitlar, ftorapatit - Ca 5(PO 4) 3. F va xlorapatitlardan Ca 5( PO 4) 3• Cl dan
iborat bo‘lib geksogonal singoniya shaklida uchraydi. Rangi yashildan
kulranggacha, qattiqligi 5, solishtirma og‘irligi 3,18-3,20 magmatik tog‘ jinslari
tarkibida uchraydi. Bundan tashqari bir necha ming turdagi minerallar tog‘ jinslarida
uchraydi, yaʼni asosiy qismini yuqorida keltirilgan birlamchi minerallar va juda ham
kam uchraydigan (aksessor) minerallardan tarkib topgandir.
Ikkilamchi minerallar asosan tog‘ jinslari va tuproqning loy qismida (< 0,001
mm) uchraydi. Ularning tarkibiga Si, Al, Fe, Mg, K, Mn, O, OH kimyoviy
elementlar kiradi. Loy minerallari o‘ziga hos strukturaga ega bo‘lib, asosan
qatlamli silikatlardan iboratdir, yaʼni kremniy kislorodli tetraedr va kislorod-
gidroksil- alyuminiyli oktaedrdan tashkil topgandir. Ikkilamchi minerallar yerning
ustki qismida tog‘ jinslarining yemirilishi va tuproq tarkibida birlamchi
minerallarni iqlim va biokimyoviy jarayonlar taʼsiri natijasida hosil bo‘ladi.
Shuningdek, loy minerallari yerning chuqur qismidamida yuqori harorat, bosim
hamda gidrotermal sharoitda ham hosil bo‘lishi mumkin.
Ikkilamchi minerallarning tuzilishi elektronografik va rentgenografik usullari
bilan aniqlangan, ularning tarkibi Si, A1, O, ON, Fe, Mg, K, Mn dan tashkil
topgandir. Minerallar qatlami silikatlar shaklida tuzilgan bo‘lib, kubiglar kremniy-
kislorodli tetraedr va kislorod gidrooksil- alyuminiydan tashkil topgan oktaedrdan
iboratdir.