Page 151 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 151
atashadi. Baʼzi bir olimlar gidroslyudalarga gidromuskovit, gidrobiotit va illitlarni
biriktirishadi, aksariyati esa gidromuskovitning temiri va magniyi kam, ammo kaliy
ko‘p turlarini kursatishadi. Masalan, gidrobiotit o‘zgarmaydigan biotit va
shishadigan vermikulit qavatidan tuzilgan bo‘ladi, ular aralashma strukturani hosil
qiladi. Minerallarning toifasiga bravezit, saroshpatit, stivensitlar kiradi. Glaukonit
esa gidroslyudaning muskovit tipidagi turi bo‘lib, dioktaedrik tuzilishga egadir,
alyuminiyga bo‘yi skoloit, temirlisi esa seladonit deyiladi. Glaukonit zanjirsimon
yoki cho‘zinchoq plastinka shaklida uchraydi. Gidroslyudalar kaliyga boy mineral
hisoblanadi, muskovit tarkibida 7- 8%, gidromuskovitda esa 5-6% ni tashkil etadi.
O‘z navbatida muskovit tarkibida kaliyning miqdori kamaygan sari suvning
miqdori oshadi. Gidroslyudalarda SiO 2 : AlO 3 nisbati 2,5-3,0 ni tashkil etadi.
Tuproq, tarkibida gidroslyudalar asosan slyudalar va dala shpatlaridan hosil
bo‘ladi. Gidroslyudalar cho‘kindi tog‘ jinslarida ham ko‘p uchraydi. Tuproqdarda
gidroslyudalar loy va kolloid zarrachalarda to‘plangan bo‘ladi. Gidroslyudalar
miqdori tuproqring suv singdirish qobiliyatiga taʼsir qilishi natijasida tuproqda suv
to‘planadi. Gidroslyudalar umuman bo‘kmaydi yoki juda oz miqdorda bo‘kishi
mumkin, bunga gidroslyudalar asosida montmorrillonit minerallarning hosil b’lish
jarayoni sabab bo‘ladi.
Montmorillonit guruxidagi minerallar. Montmorillonitning kimyoviy
tarkibi Al 2|Si 4O 10| (OH) 2 • rH 2O, nontronit |Fe AL |Si 4O 10| • H 2O esa
montmorillonitning temirli shaklidir. Montmorillonit minerallari smektitlar deb
ham ataladi. Yuqorida keltirilganidek, montmorillonit temirga boy bo‘lsa,
nontronit, alyuminiysi - beydellit, magniylisi - saponit, xromligi - volkonit, sinkligi
- sokonit, litiyligi - gektorit deyiladi. Montmorillonit uch qavatli mineral bo‘lib,
ikkita kremniy kislorodli tetraedr va bitta alyumo-kislorod-gidroksilli oktaedrdan
iboratdir. Bu qavatlar tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lib, tetraedrdagi kremniy, alyuminiy,
temir, oktaedrda esa alyuminiy va magniy bilan almashishi mumkin.
Montmorillonitlarda qavatlar orasidagi masofa anchagina bo‘lganligi sababli
suv yoki kaliy kationi kirishi mumkin. Ularning kimyoviy tarkibi A1 2O 3 • 4
SiO 2 • nH 2O bo‘lib, SiO 2:Al 2O 3-4 ga tengdir. Montmorillonit minerallari yuqori
gidrofil xususiyatga ega bo‘lib, singdirish sig‘imi 80-120 mg/ekv.ni tash- kil etadi.