Page 154 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 154
masshtabi va xarita muallifning nomi yoziladi. Geologiya xaritalar har xil maqsadda
tuzilgan bo‘ladi. Masalan: tektonika, metologiya, strukturali xaritalar,
neotektonikalar, gidrologiyalar, foydali qazilmalar va boshqa xaritalar geologiya
xaritasi asosida tuziladi. Har qanday xaritalarda masshtab berilishi shart. Masshtab
xaritaning 2 ta ma’lum nuqtasi orasidagi masofa tegishli joydagi masofaga
qaraganda necha barobar kichraytirilib olinganligini ko‘rsatuvchi ko‘rinishdagi
sonlar ifodasidir.
Xaritalarda odatda sonli masshtab o‘rniga chiziqli masshtab ham beriladi.
O‘zbekistoning geologiya xaritasi har xil masshtabda tuzib chiqilgan.
Geologiya xaritalari mayda masshtabli yoki obzorli bo‘lib, davlat xaritalari
hisoblanadi. Masalan: 1:5000000; 1:1000000 masshtabli xaritalar kiritiladi.
Tuman, viloyat, o‘lka xaritalarining masshtabi 1:200000; 1:100000; 1:50000 hatto
1:25000 bo‘lishi mumkin.
Geologiya xaritalar ayrim maydon rayon yoki konlar uchun 1:10000, 1:5000,
1:1000 va bundan ham yirik masshtablarda bo‘lishi mumkin.
Har qanday geologik, geografik xaritalarning qarab qilingan shartli belgilari
ro‘yxati va izohi bo‘ladi. Shartli belgilar indekslar yordamida tog‘ jinslarining
yoshini, tarkibini xaritalardan o‘qish mumkin. Geografiya xaritasida shartli belgilar
stratigrafik kesma turda, oddiy sxema chizmalarida ham berilishi shart. Geologiya
xaritalariga beriladigan ranglar 1881 yilda akademik A.P.Karkinskiyning taklifi
bilan Bolonya shahrida bo‘lgan xalqaro geologik kongressda tasdiqlangan.
Magmatik jinslar tarqalgan maydonlar tog‘ jinsining tarkibiga qarab: nordon
jinslar qizil, och qizil: asosli jinslar to‘q yashilga bo‘yaladi.
Geologiya xaritalarida, sxema va kesimlarda aks ettirilgan turli qavatlarning
yoki shu qavatlarga tegishli yosh nomi, harfi va ularning qismlari raqamlar bilan
belgilanadi. Geologiya xaritalarida biror davr qismlari rangi biri ikkinchisiga
o‘xshash bo‘ladi, shu vaqtda indeks va raqamlar xaritani o‘qishni yordam beradi.
Ko‘pchilik xaritalarda qatlamlarning yotish elementi, strukturalari va u yerda
bo‘lgan shurf, konova, buru, mineralli zonalar ham beriladi. Buni quyidagi
geografiya xaritalari, profil va kolonkalarga qo‘yiladigan shartli belgilar va ularning
nomlaridan bilib olish mumkin.