Page 158 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 158
Kerakli jihozlar:
1. 1: 500000 masshtabli standart geologik karta
2. 1: 50000 o‘quv geologik kartalar (variant chiziqli)
3. litologik – stratigrafik kolonka
1.2. Geologik karta va shartli belgilar
Geologik kartalar yer qobig‘i yuqori qismining geologik tuzilishini aks
ettiradi. Karta dalada bajariladigan qidiruv ishlari davomida tog‘ jinslarining
litologik tarkibi, yoshi va yotish xolatlarini maxsus shartli belgilar yordamida
topografik kartaga tushirish asosida tuziladi.
Geologik kartalar qanday masalani echishiga qarab turli masshtablarda
tuziladi:
- mayda masshtabli: 1:500000; 1:1000000 vaundan kichik;
- o‘rta masshtabli : 1:200000; 1:100000;
- yirik masshtabli: 1:50000; 1:25000; 1:10000.
Geologik kartalar varag‘i quyidagi geologik chizma va jadvallar bilan
to‘ldiriladi:
- ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha geologik vertikal qirqish;
- stratigrafik kolonka;
- otqindi jinslar petrografik tarkibi;
- shartli belgilar.
2. Ishlarni bajarish tartibi
2.1. Geoxronologik jadval yordamida yer qobig‘ining dastlabki shakllangan
vaqtidan boshlab uning keyingi geologik rivojlanish davomidagi yirik vaqt
bo‘laklari – eralar nomlari, indekslari davomiyligi – mln. yillar yoki yuzmingli
yillarini, shu eraga mansub organik dunyo, geologik va tektonik rivojlanishi
o‘rganiladi. Keyingi o‘rganish bosqichida har bir eraning alohida o‘ziga xos
rivojlanish bo‘laklari-davrlariga ta’aluqli yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlari
o‘rganiladi.
2.2. Yer qobig‘i rivojlanish geoxronologiyasini o‘rganish natijasida alohida
varaqda geoxronologik jadval (kolonka) chiziladi.