Page 163 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
        P. 163
     B.(2005),  Semenov  E.I.(2007),  Kulish  E.A.(2008),  Lapin  A.V.(2011),  Earth
                  Elements.  London(2011)  (Andrievskaya  I.S.(2014),  Yushina  T.I.(2015),  Indian
                  Minerals  Yearbook(2017)  va  boshqalarning  umumlashtirgan  asarlarida  nashr
                  etilgan.  KEE  konlarining  dastlabki  batafsil  tasniflaridan  biri  Egel  L.E.  (1963)
                  tomonidan  yaratilib,  o‘sha  paytda  ma’lum  bo‘lgan  konlarni  ma’danformatsion
                  asoslar bo‘yicha tasniflagan va qidiruv mezonlari va belgilarini, shuningdek, KEE
                  konlarini o‘rganish usullari ko‘rib chiqqan. Mineev D.A. (1974) KEE konlarining
                  21ta sanoat turini aniqladi. Solodov N.A. va boshq. (1987) har xil KEE konlarini
                  batafsil  o‘rganib  chiqdi,  ularning  paragenetik  turlarini,  bashoratlash  va  qidiruv-
                  baholash  mezonlarini  aniqladi.  Yaqinda  nashr  etilgan  nashrlardan  biri  V.A.
                  Mixaylov (2010) ahamiyatga molik, unda ochiq manbalar asosida global ravishda
                  KEEning dunyo miqiyosidagi xom-ashyo bazasining iqtisodiy tahlili o‘tkazildi. L.Z.
                  Bixovskiy va b. (2009) uch qismdan tashkil topgan va 26ta litofil kamyob metallarni
                  (shu jumladan  KEE)  birlashtiruvchi,  shuningdek  germaniy  va  reniyning  konlari
                  turlarining  eng  zamonaviy  va  batafsil  tasnifini  beradi.  Tasniflash  56  turdagi
                  konlarni o‘z ichiga oladi, tipomorfik xususiyatlari ham berilgan.
                         «O‘zbekiston  hududida  kamyob  yer  elementlarining  ma’danlashuvini
                  o‘rganishning  holati»  o‘tgan  yillar  davomida  Markaziy  Qizilqumda  (Rudnoe)
                  yuqori proterozoyning karbonat- kremniyli xosilalarida U-V ma’danlarida Yning
                  sanoat  darajasida  to‘planishi  aniqlangan  edi.  Qizilqum  hududidagi  12  fosforit
                  ma’danlarida,  Angren  qo‘ng‘ir  ko‘mir  konining  kaolin  bilan  qoplanadigan
                  sideritlarida  Y-Ce  sanoat  darajasidagi  konsentratsiyalari  aniqlangan.  Lekin
                  O‘zbekistonda  hozircha  KEE  konlari  aniqlanmagan.  O‘tgan  asrning  60-yillari
                  oxiridan boshlab, turli xil foydali qazilmalar shu jumladan, O‘zbekistonning turli
                  mintaqalarida  aniqlangan  kamyob  metal  va  KEE  minerallashuvi  xosil  bo‘lish
                  geologiyasi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  (to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yoki  bilvosita)  magmatizm,
                  metallogeniya va ma’dan shakllanishining turli jihatlarini o‘rganish natijalari nashr
                  qilingan,  jumladan:  Abdullaev  X.M.(1957),  Luns  A.Ya.  (1972),  Xamrabaev
                  I.X.(1975),  Izox  E.P.(1975),  Isamuxamedov  I.M.  (1970),  Axmedov  va  b.
                  (2003,2005,2007),         Axunjanov         R.(1998,2007,2010,2014),           Turamuratov
                  I.B.(2005,2007,2008, 2012, 2016), Yejkov va b.(2011,2016), Koldaev A.A.(2012),





