Page 164 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 164
Kuchukova M.S.(1971), Mamarozыkov U.D.(2010,2012), Musaev A.M.(2012),
Rafiqov Ya.M.(2000), Rustamov A.I.(2016), Yusupov R.G.(2017,2018), Alimov
Sh.P. va b.(2019) lar shular jumlasidan. 2011 yilda, geologik jihatdan o‘rganish,
baholash, mineralogiya, geokimyo, KEE konlarining geologik va genetik turlari,
ularni baholash usullari, qazib olish va qayta ishlash usullari bo‘yicha zamonaviy
bilimlar darajasidagi ma’lumot bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun tematik sharh nashr
etildi (Ejkov va b., 2011). Bu kitobda respublikada KEE minerallashuvini o‘rganish
xolati holati va istiqbollari ko‘rib chiqilib, istiqbolli minerallashuv nuqtalari,
ma’danlar nomoyonlarining joylanishi xaritasi, shuningdek ba’zi istiqbolli
pozitsiyalar ham ilova qilingan. Bir qator tadqiqotchilar (Axundjanov R., 2010;
Turamuratov I.B., 2005, 2012,2016; Yejkov Yu.B. va boshqalar, 2011;
Mamarozыkov U.D.,2012) va boshqalar keyingi vaqtlarda ushbu ma’danlarning
joylashish xususiyatlarni aniqladilar va O‘zbekiston hududlarida KEE
minerallashuvining ba’zi geologik pozitsiyalar aniqlandi, bular bizning
tadqiqotlarimizning dastlabki asosini tashkil etadi.
«Yangi Strategiya, O‘zbekistonda kamyob yer elementlari mineralxom
ashyo bazasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari»
O‘zbekistonda KEE mineral-xom ashyo bazasi yo‘qligi va ushbu mavzu
bo‘yicha keng ko‘lamli, maqsadli tadqiqotlar olib borilmaganligi va ma’lumot
bazasi kamligini xisobga olgan holda, O‘zbekistonda ularning mineral xom-ashyo
bazasini yaratish bo‘yicha yangi strategiyaning (keyingi o‘rinlarda Strategiya) faqat
asosiy qoidalarini belgilash va uning tarkibiy qismlarini ta’kidlab o‘tish, KEE
ma’danlari konsentratsiyasining istiqbolli geologik pozitsiyalarini aniqlab, geologik
qidiruv ishlarining keyingi yo‘nalishlarini aniqlash o‘rinlidir. Yangi strategiyaning
maqsadi - samarali va maqsadli tadqiqotlar, tematik va dala geologik izlanishlari
orqali KEE resurs bazasini shakllantirish. Strategiyaning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat: respublikaning KEE mineral-xom ashyo bazasini yaratish va
rivojlantirish; aniqlangan konlarni qidirish va qazib olish uchun investitsiyalarni jalb
qilish maqsadida faol investitsiya siyosatini yuritish; geologik qidiruv tizimiga ilg‘or
uslubiy texnika, texnik vositalar va texnologiyalarni keng joriy etish; KEE
geologiyasi yo‘nalishida malakali kadrlarini tayyorlash bo‘yicha tizimli chora-