Page 162 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 162

bo‘lgan, bunda 15 elementni o‘z ichiga olgan ikkita toifa: seriyli (engil - La, Se, Rg,

                  Nd, Sm, Eu) va ittriyli (og‘ir - Y, Gd, Tb, Dy, Ho, Er, Tm, Yb, Lu) - minerallar yer

                  qobig‘ida  kamdan-kam  uchraydigan  (kamyob)  deb  hisoblangan.  Bular  tarkibiga

                  o‘xshashligi  uchun  skandiyni  ham qo‘shadilar.  Keyingi o‘rinlarda  «kamyob  yer

                  elementlari» atamasi o‘rniga KEE qisqartirilgan abbreviaturasi qo‘llaniladi. Biroq,

                  xom  ashyo  zaxiralari  bo‘yicha  ular  kamyob  emas,  umumiy  tarqalishi  bo‘yicha


                  qo‘rg‘oshindan 10 baravar, molibdendan
                         50  baravar  va  volframdan  165  baravar  ko‘proq.  Yigirmanchi  asrning  60-


                  yillaridan keyin mikroelektronika, qora va rangli metallurgiya, radioelektronika,
                  yorug‘lik  muhandisligi,  kuchli  magnitlar,  kompozit  materiallar  va  boshqalarni


                  yaratishdagi ilmiy va texnik yutuqlar tufayli KEE ga bo‘lgan munosabat tubdan
                  o‘zgardi.  Dunyo  KEE  zaxiralari,  AQSh  Geologiya  Xizmati  tomonidan  taxmin


                  qilinganidek,  2018  yil  oxirida  478  million  tonnani  tashkil  etdi,  KEE  oksidiga

                  nisbatan hisoblanganda 2011 yilda dunyodagi KEE zaxiralarining 48% dan ortig‘i

                  Xitoyda to‘plangan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 35% gacha pasaygan.

                  Zahiralari bo‘yicha karbonatit turidagi konlar (62%), ishqorli intruziyalar (16%) va

                  rudalarning  ion-adsorbsion  turlari  (15%)  yetakchi  bo‘lib  kelmoqda.  KEE

                  oksidlarining yillik ishlab chiqarish hajmi xozirgi kunda 120 ming tonnani tashkil

                  etadi.  KEE  1kg  narxi  bo‘yicha  2  AQSh  dollaridan  (lantan,  seriy,  samariy)  435

                  AQSh  dollarigacha  (terbiy)  tashkil  qiladi.  XX  asrning  ikkinchi  yarmida

                  mineralogiya, geokimyo, KEE turlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlarning katta qismi

                  paydo bo‘ldi. Shoeller W.R., Pauell A.R. (1955) monografik nashri KEE mavzusiga

                  bag‘ishlangan dastlabki yirik umumlashmalardan biri hisoblanadi, keyin Ginzburg

                  A.I.  (1959),  Egel  L.E.  (1963)  va  Semyonov  E.I.  (1963)  kabi  manbaalar  o‘tgan

                  asrning  60-yillari  oxirida  dunyoga  keldi,  bu  turli  xil  yuqori  texnologiyali  11

                  tarmoqlarda KEEning maxsus xususiyatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishning

                  ortishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Butun dunyo bo‘ylab olib borilgan ko‘p yillik

                  geologik tadqiqotlar va KEE konlarini qazib olish va qayta ishlashning samarali

                  texnologiyasini  ishlab  chiqish  natijalarini  ko‘plab  olimlar:  Semenov  E.I.(1963),

                  Egel L.E. (1963), Xomyakov A.P.(1971), Luns A.Ya.(1972), Mineev D.A.(1974),

                  Balashov  Yu.A.(1976),  Solodov  N.A.(1987),  Boysov  V.E.(1999),  Stephen
   157   158   159   160   161   162   163   164   165   166   167