Page 167 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 167
ta geologik pozitsiya quyidagilardan tashkil topgan: 12 tasi Chotqol Qurama
mintaqasida (Barkrak, Maydantal, Chavata, Sargardon, Kelinchek, Arashan, Iertash,
Chetsu-Shavqatli, Chorkesar, Olmaliq, Alaskitlar va Kurama shimoliy yon
bag‘rining leykogranitlari va portlash quvurlari) 1tasi Sultan-Uvaysda (Koxralisay),
Markaziy Qizilqumda 6 ta (Oltintau, Ko‘kpatas, Tamdi, Yujno-Auminzatau,
Qorakata va portlash quvurlari), Kuljuktauda 4 ta (Beltau, Tozbulak, Aktosti-
Shaydaraz va Qing‘irtau), 5 ta Nurota tog‘larida (Gatcha, Usto‘q, Koshrabad, Aktau,
va portlash quvurlari), 4 tasi Zirabulak-Ziyaetdin tog‘larida (Gujjak, Akmazar,
Ketmenchi va Zirabuloq), shuningdek, O‘zbekistonning janubida 5 tasi (Karatepa,
Tupolang-Malyand, Xursandtog‘ va Urtaurikli-Yuqoriqizilsay). Qo‘shimcha
ravishda aniqlangan 12 KEE manbalari: qora slanesli uranning konlari va ma’danlari
(20 ta ob’ekt), uranning gidrotermal konlari (10 ta ob’ekt), flyuorit va qalay (12 ta
ob’ekt), gidrogen turidagi uran konlari (40 dan ortiq ob’ektlar), ion-adsorbsion gil
turdagi nomoyonlar (7 ta ob’ekt), nurash qobig‘i, sochma konlar, texnogen
chiqindilar va qimmatbaho metal rudalari, yonuvchi slaneslarni qayta ishlash,
shuningdek «nomuvofiqlik» tipidagi uran konlarning geologik joylashish
pozitsiyalaridan iborat. Ekspert baholashning geologiya-qidiruv ishlarining keyingi
yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ilmiy va amaliy tavsiyalar ko‘rinishidagi natijalari
«2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning asosiy kamyob va KEE
ob’ektlari, rudali maydonlarida va istiqbolli maydonlarida qayta ko‘rib chiqish,
tematik, dala-geologik ishlari va texnologik tadqiqotlar o‘tkazish dasturi» da
jamlangan va istiqbolli geologik pozitsiyalar O‘zbekistonning sxematik geologik
xaritasida aks ettirilgan.