Page 166 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
        P. 166
     qo‘llaymiz,  ya’ni  hududlarning  istiqbol  darajasini  aniqlashda  ketma-ket
                  yaqinlashish  prinsipini  qo‘llaniladi,  pirovard  maqsad  -  ma’danli  hududlarni
                  (geologik pozitsiyalar) belgilash. Regional (mintaqaviy) bashorotlashda taqqoslash
                  usullari keng qo‘llaniladi, bu yaxshi o‘rganilgan ma’lumot va taxmin qilinadigan
                  hududlar  (mineragenik  zonalar,  ma’danli  hududlar  va  boshqalar)  o‘rtasidagi
                  o‘xshashlik darajasini baholashga asoslangan.
                         Tarkibi va tuzilishi jihatidan o‘xshash geologik bo‘linmalarda tarkibi o‘xshash
                  ma’danlar  shakllanadi.  Shunday  qilib,  mintaqaviy  bashorotlash  ma’danlar
                  konsentratsiyasining  quyidagi  qulay  omillariga  asoslanadi:  geologik  muhit
                  mavjudligi  –  ya’ni  ma’dan  joylashadigan  moddiy  kompleks,  ishqorli  granit
                  massivlari,  ularning  subishqorli  navlari  (120  dan  ortiq  magmatik  massivlar
                  o‘rganilgan);  granitli  plutonlarning  yotish  xususyatlari  (morfologiyasi),  ularning
                  shtoklariv  va  daykalarining  mavjudligi,  leykokratik  turlari  va  effuziv  analoglari
                  borligi; aplit daykalari, pegmatitlar, albititlar va boshqa tomirlarining shakllanishi;
                  endoekzogen  zonalar,  kontaktlardagi  o‘zgarishlar  va  skarnlar,  greyzenlashish,
                  kalishpatlashish  (mikroklinlashish),  granit  massivlarining  apikal  qismlarida
                  seritsitlashish;  massivlarning  qiya  kontaktlari,  uning  chetidagi  yoriqlar,  kechki
                  yoriqlar, yorilish tuzilmalari va ma’danlar joylashuviga mos bo‘lgan strukturaviy va
                  litologik  pozitsiyalar  mavjudligi;  KEE  minerallarning  (monatsit,  ksenotim,
                  fergusonit,  ortit,  gadolinit,  apatit,  torit  va  boshqalar)  mavjudligining  to‘g‘ridan-
                  to‘g‘ri belgilari va KEE ga ixtisoslashgan, ma’lum ma’danli va ma’danli saqlovchi
                  formatsiyalarning  mavjudligi,  tog‘  jinslarida  KEE  ning  anomal  yuqoriklarkli
                  ko‘rsatkichlari mavjudligi; qazib olinayotgan va zaxiragi konlarining qo‘shimcha
                  komponentlari, ayniqsa boshqa turdagi konlarda KEE ning qo‘shimcha komponent
                  sifatida shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
                         Shunday qilib, mintaqaviy bashorotlash jarayoni 20 tadan ortiq to‘g‘ridan-
                  to‘g‘ri va bilvosita omillarga (belgilar va mezonlarga) asoslangan bo‘lib, ularning
                  mavjudligi yoki yo‘qligi bo‘yicha oddiy ekspert baholash usuli bilan KEE konlarini
                  aniqlash uchun istiqbolli bo‘lgan 37 ta muhim geologik pozitsiyalar aniqlangan, ular
                  19 tasi ma’dan va ma’dan saqlovchi 17 formatsiyalar tashkil etadi, 12 ta qo‘shimchasi
                  tarkibida KEE aniqlangan murakkab konlar va texnogen manbalar majmuasidir. 37





