Page 165 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
        P. 165
     tadbirlarni amalga oshirish; Hozirgi sharoitda, yangi strategiya tomonidan qo‘yilgan
                  vazifalarni yechish uchun, muallifning  nuqtai  nazaridan,  mantiqiy  ketma-ketlikga
                  ega bo‘lgan kompleks yondashuvni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
                         Bu  yondashuv  «O‘zbekistonda  KEE  mineral-xom  ashyo  bazasini  yaratish
                  bo‘yicha  yangi  strategiyani  amalga  oshirish  uchun  tematik  va  bosqichli  qidiruv-
                  qidiruv  ishlarini  olib  borish  konsepsiyasi»  nomli  jadvalda  jamlangan  (2-jadval).
                  Turli  xil  KEE  konlarini  qidirishning  asosiy  mezonlari  va  xususiyatlari,  ularni
                  aniqlashga  imkon  beradigan  faktorlardan  quyidagilarni  ajratish  mumkin:  KEE
                  konlari  uchun  asosiy  tog‘  jinslari  yaxshi  respondentdir,  ular  asosan  geofizik
                  maydonlarda  namoyon  bo‘ladilar;  KEE  minerallarining  muhim  konsentratsiyasi
                  ishqorli magmatik tog‘ jinslari va karbonatitlar bilan bog‘liq, shuning uchun birinchi
                  qadam  –  shu  komplekslar  paydo  bo‘lgan  muhitni  aniqlashdir;  odatda  halqali
                  tuzilmalar  magnit  maydonlarida  yaxshi  aks  qiladi  va  masofadan  zondlash
                  materiallarida  yaxshi  aniqlanadi;  ba’zi  KEE  maydonlarini  aeromagnit
                  ma’lumotlarda konsentrik anomaliyalari orqali topish mumkin; KEE konlari toriy
                  va uran bilan bog‘liq, shuning uchun ularni aerogammaspektrometriya orqali yoki
                  yer usti radiometrik tadqiqotlar orqali aniqlash mumkin; KEE yuqori darajada boy
                  bo‘lgan hamda konlar ustida o‘sadigan o‘simliklarning kulida qayd etiladi; og‘ir
                  minerallarni qidirish faol tub cho‘kindilarda samarali bo‘ladi.
                         So‘nggi      yillarda     Davlat      geologiya      qo‘mitasi      Chotqol-Qurama
                  (KelinchekToshsay),  Markaziy  Qizilqum  (Oltintau,  Tozbulak  va  boshqalar)  va
                  Nurata  16  (Dekan-Nurata,  Usto‘q-Fozilman)  geologik  hududlarida  KEE
                  yo‘nalishida keng ko‘lamli qidiruv ishlarini olib bormoqda. KEE minerallashuvini
                  joylanishi uchun istiqbolli geologik pozitsiyalarni bashorot qilish, xususan istiqbolli
                  maydonlarni  resurslarni  hisoblagan  holda  butun  O‘zbekiston  bo‘yicha  bashorot
                  qilish, ma’lumotlarning etarli emasligi va haddan tashqari notekisligi tufayli juda
                  qiyin hisoblanadi. Shu vaj sababli, kompyuterlashtirilgan prognoz usullarini qo‘llash
                  ham qiyin.
                         Ehtimol,  shuning  uchun  bizda  hali  ham  KEE  konlari  aniqlash  istiqbollari
                  bo‘yicha  na  yaxlit  O‘zbekiston  hududi  bo‘yicha,  na  mintaqalar  bo‘yicha
                  baholanmagan.  Bunday  sharoitda  biz,  majburiy,  regional  bashorotlash  uslubini





