Page 160 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 160
chiqish, qayta ishlash texnologiyalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu ilmiy asoslangan tadqiqotlar zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda
kamyob yer elementlari konlarini qidirib topish, ularning zahiralarini baholash va
yuqori texnologik maxsulotlar ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda kamyob yer elementlari konlarini qidirish va mineral xomashyo
bazasini yaratish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan
qoraslanesli turdagi va ishqorli magmatik tog‘ jinslar bilan bog‘langan kamyob yer
elementlari istiqbolli maydonlar aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasida «...alohida hududlarda tabiiy,
mineral-xomashyo, salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni
ta’minlash...» 1 vazifalari belgilab berilgan. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi
hududidagi kamyob yer elementlari konlarining salohiyatini kompleks baholash
bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni ishlarini olib borish muhim hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947-son «O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi» Farmoni,
2017 yil 24 maydagi PQ-3004-son
«O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi
tizimida yagona geologik xizmatni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2018
yil 1 martdagi PQ-3578-son «O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral
resurslar davlat qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish
O‘zbekiston tabiiy boyliklar zaxirasi bo‘yicha kuchli 10 talik davlatlar
qatoriga kiradi. Mamlakatda 73 turdagi foydali qazilma zaxirasiga ega 2 mingdan
ortiq konlar bor. Ko‘rinib turibdiki, bizda deyarli barcha yer osti va yer usti
boyliklari mavjud. Biroq bu boyliklarni aniqlash, topish va foydalanishga
topshirish, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida ishlatish uchun yetarlicha bilim va tafakkur,
zamonaviy texnologiyalar va ularni ishlata oladigan malakali kadrlar zarur. Ayni
paytda O‘zbekistonda aniqlangan konlarning 437 tasi o‘zlashtirilmagan, qidiruv
ishlariga jalb qilingan texnikalarning 70 foizi eskirgan.