Page 159 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 159
2.3. Farg‘ona vodiysining 1:500000; 1:200000 masshtabli geologik kartasi
yordamida quyidagi tartibda tavsiflash o‘rganiladi:
a) kartaning nomi, masshtabi, shartli belgilari;
b) relef turlari;
v) geosinklinal va platformalar mavjudligi;
g) tog‘ jinslarining tarkibi;
d) magmatizm o‘choklari.
Xar bir talaba kartaning o‘ziga ajratilgan qismi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan
tartibda tavsiflab yozadi va shartli belgilar chizmasini keltiradi.
Savollar.
1. Geologik xaritalarining topografik xaritadan farqi nima?
2. Shartli belgilar va indekslardan nima uchun foydalaniladi?
22-MASHG‘ULOT.
Geologiya va mineralogiya sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot
ishlari bilan tanishish.
Jahon amaliyotida kamyob yer elementlariga bo‘lgan talabning oshib
borayotganligi sababli, ularning homashyo bazasini muntazam kengaytirib borish
muhim ahamiyat kasb etadi. Ular qo‘llanadigan sohalar asosan yuqori texnologiyali
ishlab chiqarish sohalaridir. So‘nggi 15 yil ichida kamyob yer elementlari
yo‘nalishi bo‘yicha jahon bozorining qariyb 70% qismini Xitoy Xalq Respublikasi
egallab kelmoqda. Shu bilan birga, ushbu mamlakatdan eksport xajmining
cheklanishi boshqa davlatlarning sanoati uchun juda salbiy oqibatlarga olib keldi.
Bu borada, Rossiya, AQSh va Avstraliya ittifoqlikda Xitoydan tashqari hududlarda
kamyob yer elementlari konlarini qidirish, qazib olish va qayta ishlashni yo‘lga
qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ushbu chora- tadbirlar
kelgusida yangi kamyob yer elementlari konlarini topilishi, ularning qazib olinishi
hamda jahon bozorini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda
dunyoning rivojlangan mamlakatlarida kamyob yer elementlari konlarini
aniqlashga qaratilgan qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, ularning konlari
xosil bo‘lish sharoitlarini aniqlash, ularni bashorat qilish mezonlarini ishlab