Page 67 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 67
magmatogen konlar xosil qiladi. Uni ba’zan gidrotermal konlarda uchratish
mumkin. Xalkopirit nurash jarayonlarida parchalanib, mis va temir sulfatlarini hosil
qiladi.
Xalkopiritning yirik uyumlari skarnlarda hosil bo‘ladi [Turinsk (Rossiya),
Olmalik, (Uzbekiston)] va mis olishdagi acosiy manbalardan hisoblanadi.
Sanoatbop ma’danlarda misning mikdori 2-2,5% bo‘lishi lozim, shundagina qazib
olishning imkoniyati tug‘iladi.
Xalkopirit- CuFeS2.
Molibdenit – MoS2. Grekcha «molibdos» qo‘rg‘oshin degan so‘zni anglatadi.
Tarkibida Mo - 60%, S-40%. Molibden geksagonal singoniyada kristallanadi, u
odatda qavat-qavat bo‘lib uchraydi (22-rasm). Kristallari geksagonal taxtachalar
qiyofasida uchraydi. Molibdenit rangi ko‘rgoshindek kulrang, havorang bo‘lib
tovlanadi. U metalldek yaltiraydi, yupka varaqchalari egilgan va bukilgan, qattiqligi
- 1, solishtirma og‘irligi - 4,7-5,0. Molibdenitning asosiy belgilaridan-ko‘lga
yog‘langandek tuyulishi va qog‘ozda iz kqoldirishidir.
Tabiatda uchraydigan aksariyat molibdenit konlari nordon intruziv jinslar
bilan genetik bogliq. Molibdenit gidrotermal jarayonda kvars tomirlarida kassiterit,
volframit, ba’zan muskovit, topaz va vismutinlar bilan bir formatsiya hosil qiladi.
Molibdenit – MoS2