Page 63 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 63
Qo‘rg‘oshin, rux, kumush va mis ma’danlarining birgalikda uchragan turi
"polimetall ma’dan" deb ataladi.
Xalkozin – Cu2S. Homi yunoncha «xalkos» miss so‘zini anglatadi. U ba’zan
mis yaltirog‘i ham deyiladi.
Xalkozin tarkibida-Si — 79,9% va S - 20,1%, bundan tashqari Ag, AS, Fe,
Co, Ni apalashmalari bo‘ladi. Singoniyasi —rombik. Xalkozinning yaxshi kristallari
kam uchraydi, ammo ko‘pincha qalin tabletkasimon, kalta ustunlar xosil kiladi.
Tabiatda yaxlit, mayda donali bo‘lib, bornit, xalkopirit, ba’zan sfalerit, galenit,
kovelinlarning o‘rniga pesvdomorfozalar shaklida xol-xol bo‘lib uchraydi.
Xalkozinning rangi - ko‘rgoshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi. Qattikligi 2-3,
solishtirma og‘irligi 5,5-5,8, elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Xalkozin NNO3 da erib,
oltingugurt ajraladi.
Xalkozin – Cu2S.
Xalkozin gidrotermal va ayniksa ekzogen jarayonda paydo buladi. Xalkozin
nurash zonalarida bardosh bera olmaydi va parchalanib kuprit, malaxit va azurit kabi
mis oksidlariga aylanadi. Xalkozin misga Eng bon sulfid bo‘lib, mis kazib olishda
katta ahamiyatga ega. Xalkozin ma’danining yaxlit massalari SHimoliy Uraldagi
Turinsk konida uchrandi. Uncha boy bo‘lmagan xol-xol xalkozin ma’danlari
Qo‘ng‘irot (Balxash kuli), Qozogiston va Olmalik mis konlarida aniklangan.
Galenit-PbS. Homi ononcha «Galena»-ko‘rg‘oshin ma’dani so‘zidan kelib
chikkan. Tarkibida Pb — 86,6% va S - 5-13,4%, aralashma tariqasida Si, Zn, Bi, Fe,
As, Sb uchraydi. U kubik singoniyada kristallanadi. Rangi qurgoshindek kulrang,
metall kabi yaltiraydi. Qattikligi 2-3; u ancha mo‘rt mineral, ulanish tekisligi kub
bo‘yicha mukammal. Solishtirma og‘irligi 7,4-7,6. U kuchsiz elektr o‘tkazadi.
Galenit asosan gidrotermal jarayonda vujudga keladi. Tashqi ko‘rinishi
burnonit bilan galenit antimonit Sb 2S 3, bulanjerit Rb 5[Sb 2S 4] 2S 3 va CuPb[SbS 3] larga