Page 62 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 62
nomi, bo‘lish
Mineral formulasi Singoniyasi Kristallaring shakli Rangi CHizig‘ining rangti YAltiroqliligi Ulanish tekisligi va sinishi Qattiqligi Solishtirma og‘irligi Diagnostik belgilari sharoitlari Amaliy ahamiyati
№ Hosil
9 – MASHG‘ULOT
MAVZU: OLTINGUGURTLI BIRIKMALAR VA ULARGA
O‘XSHASHLAR SINFI MINERALLARINI ANIQLASHSH VA
O‘RGANISH.
Ishning maqsadi: Sulfidlar (oddiy va murakkab) sinfiga mansub minerallarning
fizik xossalariga qarab aniqlash.
Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar:
- minerallar namunalari;
- mashg‘ulotga oid adabiyotlar;
- plakatlar;
- kristallar xaqida slayd-filmlar to‘plami.
Ishning nazariy asoslari:
1. Sulfidlar sinfi.
2. Sulfotuzlar sinfi.
Sulfidlar sinfi
Sulfidlar yoki oltingugurtli birikmalar Н 2S kislotaning tuzlari bo‘lib,
metallarning oltingugurt bilan xosil qilgan birikmasi hisoblanadi. Bunday birikmalar
hosil qiladigan kimyoviy elementlar soni 40 ga etadi. Eng muhimlari: vanadiy,
molibden, nikel, kobalt, temir, mis, rux, qo‘rg‘oshin, margimush, surma, simob,
vismut.
Bu sinfga taallukli minerallar soni 300 dan ortiq. Asosiy qismi metalsimon
yaltirok, rangi o‘ziga xos bo‘lib, doimo bir xilda o‘zgarmasdir.
Sulfidlar asosan gidrotermal, magmatik kontakt – metoasomatik jarayonlarda
hosil bo‘ladi. Ular metall elementlar ajratib olishda asosiy xom ashyo hisoblanadi.