Page 57 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 57
[001] bo‘yicha aniq ko‘rinadi. Solishtirma og‘irligi o‘zgaruvchan 17,8-22,5. Uning
magmatik xususiyati tekshirilmagan.
Sisertskit - (Os, Ir)
Sisertskit nevyanskitdan faqat rangining to‘qligi bilan farq qiladi. Kimyoviy
yo‘l bilan tekshirmasdan turib ulardagi aniq farqni bilish mumkin emas. U dahandam
alangasida erimaydi. Kuchli oksidlantiruvchi alangada undan o‘tkir yoqimsiz hid -
osmiyli angidrid OsO, bug‘lari ajralib chiqadi. Sisertskitni selitra bilan
qotishtirilganda yashil massa hosil bo‘ladi. Bu qotishmani qaynatganda iridiyning
qora kukuni ajraladi. U kislotalarga nisbatan o‘ta turg‘undir. Nevyanskit bilan birga
sochilma va tub platina konlarida topiladi.
Oltingugurt guruxi minerallari
Oltingugurt - S. Ko‘pincha toza holda bo‘ladi, ammo ba’zan gil yoki organik
moddalar, neft tomchilari, gaz va boshqalar bilan mexanik aralashma holda bo‘ladi.
Rombik singoniyali, ayrimda rombodipiramidal shakllarda uchraydi. Oltingugurt
yaxlit, tuproqsimon massalar holda topiladi. Buyraksimon, oqiq tomma shakllarda
bo‘ladi. Rangi — to‘q sariq, limon sariq, asal sariq, sariq, kulrang sariq, ko‘ng‘ir va
qora. Kristallari olmosdek, ba’zan yoglangandek yaltiraydi. Toza kristali nurni
yaxshi o‘tkazadi. Oltingugurtning qattiqligi —1-2; ancha mo‘rt, ulanish tekisligi
mukammal, solishtirma og‘irligi 2,05-2,08. U elektr va issiqlikni yomon o‘tkazadi
(yaxshi izolyator).
Oltingugurt turli yo‘llar bilan yuzaga keladi: 1) vulkan harakatida zulkan mo‘rilari
jins yoriqlarida yopishib qotadi. 2) sulfidlarning, ayniqsa, piritning parchalanishidan
paydo bo‘ladi; 3) cho‘kindi gips satlamlarining parchalanishidan ham hosil bo‘ladi.