Page 55 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 55
Osmiy-ruteniy guruhi minerallari
Nevyanskit – (Ir, Os). Topilgan joyiga qarab nom berilgan - /Nevyansk
tumani Sverdlovskdan shimolda joylashgan (Ural). Nevyanskit bu gruppadagi
minerallarning tabiatda eng ko‘p tarqalgan turidir.
Nevyanskit deb ta’riflangan minerallar tarkibidagi ayrim metallar miqdori
quyidagicha o‘zgaradi (% hisobida). Jr 46, 8-77, 2; Os 21,0 -49.3; Ru 0-0.5; Rh 0.5-
7.7; Pt 0.1-5.5; Cu 0-0.9; Fe 0-1.4; Jr:Os nisbati 4:1 dan 1:1 gacha o‘zgaradi. Ayrim
hollarda iridining anchagina miqdori rodiy bilan izomorf o‘rin almashgan bo‘ladi.
Nevyanskit
Singoniyasi – geksagonaldir. Uning kristall sturukturasi zich joylashgan
geksagonaldir. Kristallar qiyofasi: temir-platina gruppasi minerallariga qaraganida
bu gruppa minerallar kristallografik jihatdan yaxshi tuzilgan yakka-yakka kristallar
hosil qiladi. Kristallari (0001) pinakoidning taraqqiy etganligi uchun mayda 6
burchakli plastinkacha yoki tabletkachasimon donalardan iborat bo‘lib, bularni
yonlari (1010) prizmalar va ko‘pincha (1011) geksagonal dipiramidalar bilan
cheklanadi.
Nevyanskitning rangi qalayi kabi oq yoki och kulrang. U metal kabi yaltiraydi.
Optik anizotropdir. Qatiqligi 6-7. Nevyanskit mortdir. U ulanish tekisligi (0001)
bo‘yicha mukammal, ammo qiyinlik bilan bargchalarga ajraladi, ayrim bargchalar
sinuvchan bo‘ladi. Solishtirma og‘irligi 17.0 dan 21.0 gacha. Solishtirma
og‘irligining kamayishiga nevyanskit tarkibidagi gaz bilan to‘lgan bo‘shliqlar
sababdir. Bunday bo‘liqlar ba’zan juda ko‘p uchraydi (ular ayrim hollarda minerall
xajmining 17% chasini ishg‘ol etadi).