Page 52 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 52

Elektrum - (Au, Ag).

                         Temir-platina guruxi minerallari

                         Poliksen  -  (Pt,  Fe).  Tarkibida  platina  80-88%  va  temir  9-11%;  u

                  kubsingoniyali.  Tabiatda  yaxlit  kub  shaklida  kamroq  uchraydi,  asosan  notug‘ri

                  donalar ko‘rinishida bo‘ladi. Poliksen rangi- kumushdek oq, ba’zan po‘latdek kul

                  rang. KQattiqligi 4-4,5. U ham boshka metallardek eziluvchanlik xususiyatiga ega,

                  ulanish  tekisligi  yo‘q.  Poliksen  magnitga  tortiladi  va  elektrni  yaxshi  o‘tkazadi,

                  ammo kislotalarda erimaydi. Platina guruhi minerallari genetik jihatdan o‘ta asos

                  magmatik jinslar bilan uzviy boglik bo‘lgan tipik magmatik konlar hosil qiladi.



















                                                               Poliksen

                  Yarimmetallar guruxi minerallari

                         Margimush - As. Ancha yirik va kam mikdorda topiladi. As tarkibi 84-98%

                  dir. Aralashmalardan Sb 1,7-9,2%, kamdan-kam. Ag, Fe, Ni ba’zan Vі va V ishtirok

                  etadi. Singoniyasi - trigonaldir, kristallari romboedrik yoki psevdokubik kiyofada

                  bo‘lib, juda kam topiladi. Margimush ko‘pincha yuzasi buyraksimon oqik shaklli

                  kobiklar, stalaktitlar, puchoksimon maxsulotlar xolida uchraydi, singanda donador

                  kristallangan tuzilishi ko‘rinib turadi.

                         Margimushning rangi qalaydek okdir. U vaqt o‘tishi bilan ancha tezda sarik-


                  ko‘ngir tusga kiradi, keyinchalik esa qorayib qoladi. Chizig‘i kul rang kalaydek oq.
   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57