Page 48 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 48
7 Talk, granat, ortoklaz, kaolinit
8 Mikroklin, nefelin, biotit, granat
9 Serpentin, kaolinit, talk, olivin
10 Muskovit, ortoklaz, avgit, xalsedon
Savollar
1. Minerallar klassifikatsiyasiga ko‘ra qanday sinflarga bo‘linadi?
2. Minerallarning diognostik belgilariga qaysi belgilari kiradi?
3. Silikatli minerallarga qaysi minirallar mansub?
4. Alyumosilikatli minerallarga qaysi minirallar mansub?
8-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: ODDIY BIRIKMALAR (SOF ELEMENTLAR) SINFI
MINERALLARINI ANIQLASH VA O‘RGANISH.
Ishning maqsadi: Yer po‘stida tarqalgan sof elementlarning o‘rtacha
miqdorini bilish, sof elementlarning guruhlar bo‘yicha minerallarini ajratish va har
bir mineralga ta’rif berish.
Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar:
- Minerallar namunalari;
- Laboratoriya ishiga oid adabiyotlar;
- Plakatlar;
- Kristallar xaqida slayd-filmlar to‘plami.
Ishning nazariy asoslari:
1. Sof tug‘ma elementlar sinfi.
2. Oltin guruhi minerallari.
3. Temir – platina guruhi minerallari.
4. Yarimmetallar guruhi minerallari.
5. Osmiy-ruteniy guruhi minerallrai.
6. Oltingugurt guruhi minerallari.
7. Uglerod guruhi minerallari.