Page 45 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 45
Siderit 2 2 3,7 6 1,2 3a
Ortoklaz 2 3 4 1 1
Plagioklaz 2 3 2 1 1 7
Kvarst 2 3 2,3,8 1 1,7 2
Olivin 2 3 5,8 1 1
Turmalin 1 3 4 1 6,7
Avgit 2 3 8 1 1
Labrador 2 3 8 1 1 7,8
Shox 2 3 8 1 1,6 7
aldoqchisi
Oltingugurt 3 1 3 1 1,4
Sfalerit 3 2 7,8 1,6 1 7
Granat 4 3 4,5,7 1 1
Montmorillo 5 1 2 1 4
nit
Kaolinit 5 1 2 1 2 9
Magnitlik – fizik xossasi jihatidan tarkibida asosan temir “Fe” bor minerallarga
xosdir. Minerallarda magnit borligini ingicha nayza simga o‘rnatilgan magnitli
strelka bilan, dala sharoitida va laboratoriyada esa kompas strelkasi bilan aniqlanadi.
Mana shu belgilar minerallarni klassifikastiyalashda asos qilib olinib, ular quyidagi
sinflarga ajratiladi.
1. Sof elementlar sinfi – metall xillariga – oltin, kumush, mis va boshqalar,
sof nometall elementlarga oltingugurt, olmos, grafit.
2. Sulfidlar sinfi – metallarning oltingugurt bilan birikkan elementlarining
soni 40 dan ortiq, jumladan vanadiy, molibden, kobalt, temir, mis, kumush, rux va
boshqalar.
3. Galoidlar sinfi – bu sinfga vodorodli kislotalarning tuzlari xloridlar,
ftoridlar, bromidlar va yodidlar hosil qiluvchi minerallar kiradi.
4. Oksidlar va gidroksidlar sinfi – metall va metallsimonlarning kislorod va
suv molekulalari bilan birikkan minerallari kiradi.
5. Karbonatlar sinfi – bunga karbonat kislotasi (H 2CO 3) tuzlarining
birikmasidan past bo‘lgan cho‘kindi va metamorfik jins minerallari kiradi.
6. Sulfatlar sinfi – sulfat kislotasi (H 2SO 4) tuzlari kiradi.