Page 40 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 40
8 Topaz - Al 2[SiO 4][F,OH] 2. Uning kristalli
kvarstda tirnash izi qoldiradi. Ko‘p qismi
och sariq, sariq, somonsimon-sariq,
moviysimon, binafsha, yashil, pushti, kam
hollarda qizil rangli.
9 Korund - A1 20 3. Uning yuqori qattiqligi
abraziv material sifatida foydalanishga
imkon beradi. Qimmatbaho xillari rubin -
qizil rangli, sapfir - ko‘k rangli.
10 Olmos - C. U barcha ma’lum bo‘lgan
minerallarning eng qattig‘i hisoblanadi.
Olmos kovalent bog‘lanishga ega bo‘lgan
uglerod atomlaridan tuzilgan va uch
o‘lchamli struktura hosil qiladi.
1.8. Solishtirma og‘irligi
Minerallarni aniqlashda ularning boshqa fizik xususiyatlari qatorida
solishtirma og‘irligi katta ahamiyatga egadir. Minerallarning solishtirma og‘irligi
0,8 dan 21 gacha bo‘lishi mumkin.
0
Minerallarning quruq zarralari og‘irligi xuddi shu hajmda olingan 4 S dagi
suv og‘irligiga nisbati minerallarning solishtirma og‘irligi deyiladi.
Minerallarning solishtirma og‘irligiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi.
3
1) Yengil minerallar solishtirma og‘irligi – 0,8-1,5 g/sm ga; oltingugurt,
gips tosh tuzlariniki esa 2,0-2,5 g/sm ga teng bo‘ladi;
3
3
2) O‘rtacha minerallarning solishtirma og‘irligi – 2,5-3 g/sm gacha;
3
3) Og‘ir minerallarning solishtirma og‘irligi – 4-21 g/sm gacha.