Page 37 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 37
plastinkalardangina nur to‘tadigan, shunda ham tagidagi narsalar bilinar-bilinmas
ko‘rinadigan minerallar xira (dala shpati) va xech nur o‘tkazmaydigan minerallar
tiniqsiz minerallar (pirit, magnetit) deb ataladi.
1.5 Sinishi.
Ba’zi minerallarning muhim belgilaridan biri sinishdir. Sinish deb mineralni
sindirganda yoki bo‘lganda xosil bo‘ladigan yuzaga aytiladi. Sinish bir necha xil
bo‘ladi: yuzasi chig‘anoqlar yuzasiga o‘xshab konsentrik – to‘lqinsimon botiq yoki
do‘ng bo‘ladigan chig‘anoqsimon sinish yuzasi bir tomonga tarang zirapchalar bilan
qoplangan-zirapchalar sinish(tolali gips, asbest) yuzasi xira, g‘adir - budir bo‘lib,
mayda chang bilan qoplangan -kesaksimon sinish (koalin, limonit) tekis sinish
(magnetit) mayda kristallik agregatlarda uchraydigan donador sinish (maramor)
shular jumlasidandir.
1.6 Ulanish.
Minerallarning eng muhim belgilaridan biri – ulanish, ya’ni kristallik
minerallarning tekisliklar bo‘yicha bir yoki bir necha kristolografik yo‘nalishda
bo‘linib, oynadek yaltiroq tekis yuza hosil qila olishdir, bunday tekis yuza ulanish
tekisligi deb ataladi. Juda mukammal (etilgan) ulanish tafovut qilinadi, bunda
mineral juda osonlik bilan (masalan, tirnoq bilan) ayrim plastinka yoki varaqlarga
ajralib, oynadek silliq ulanish tekisligi hosil qiladi. (gips).
Mukammal ulanish shu bilan farq qiladiki, mineral bolg‘a bilan sekingina
urilganda, yaltiroq ulanish tekisliklari bilan cheklangan bo‘lak yoki plastinkalarga
ajraladi (tosh tuzi, kalsit).
Nomukammal (etilmagan) ulanish juda qiyinlik bilan aniqlanadi. Bunday
vaqtlarda minerallar parchalanar ekan, noto‘g‘ri sinish yuzasi ko‘proq
bo‘ladi.(gematit, olivin). Ba’zi minerallarda ulanish bo‘lmaydi, bunday minerallar
ba’zan juda nomukammal (etilmagan) ulanilsin mineral deb yuritiladi. Ular
bo‘linganda faqat noto‘g‘ri sinish yuzasini hosil qiladi xolos. Bunga misol qilib
kvarsni olish mumkin.
1.7 Qattiqligi.
Odatda har hil minerallarning qattiqligi xar xil bo‘ladi, shu bilan baravar bir
mineral qattiqligi ma’lum bir me’yorda doimiy bo‘ladi. Mineralning tig‘ bilan