Page 36 - Geologiya va mineralogiya elektron o‘quv qo‘llanma. Sodiqova G., Usmonova M.
P. 36
rangsiz bo‘lishi ham mumkin. Amalda minerallarning rangi turmushda yaxshi tanish
bo‘lgan narsalar ranigiga solishtirib, ko‘z bilan aniqlanadi.
1.2 Chizig‘ining rangi.
Ko‘pchilik minerallar maydalanganda yoki kukun qilinganda rangi bo‘lak -
bo‘lak bo‘lib turgan paytidagidan ko‘ra boshqacharoq bo‘lib qoldi. Sirlanmagan
g‘adr-budir oq chinni ustiga bir bo‘lak mineral bilan chizilsa shu mineral kukunini
olish mumkin. Chizilganda qolgan chiziq rangi kukun xolidagi mineral rangini
ko‘rsatadi. Buning uchun maxsus plastinkalar ,biskvitlar tayyorlanadi. Har qanday
chinni parchasidan foydalanish ham mumkin.
1.3.Yaltiroqligi.
Minerallar sirti yorug‘lik nurlarini ma’lum darajada qaytaradi. Ba’zi
minerallarning sirti xira, boshqa minerallarning sirti esa yaltiroq bo‘ladi.
Yaltiroqligni quyidagi turlari ma’lum:
Metalldek yaltiroqlik metallarda bo‘ladigan kuchli yaltiroqlikdir. Sof
(tabiiy) metallardan (oltin, kumush, platinadan) boshqa minerallar metalldek
yaltiramaydigan minerallarga kiradi. Metalldek yaltiraydigan minerallar: magnetit,
pirit, galenitdir. Yarim metalldek yoki metalsimon yaltiroqlik gematit va qora rux
obmankasiga xarakterlidir.
Shishasimon yaltiroqlik tiniq minerallar orasida ko‘p tarqalgan (kvars
kristallari qirrasida, kalsit, gipsda), moysimon yaltiroqlik (kvarsning singan joyida
va nefelinda) yuzasiga yog‘ surkalganda xosil bo‘ladigan yaltiroqlikni eslatadi.
Sadafsimon yaltiroqlik minerallarning ichki tekisliklaridan nurning
qaytishiga bog‘liq (slyuda, talk).
Ipaksimon yaltiroqlik ingichka tolalardan tuzilgan minerallarda ko‘riladi
(gipsning tolali xillarini va asbest). Ba’zi minerallar, masalan, olmos va aldamchi
rux juda yaltiroq bo‘ladi. Bunday yaltiroqlik olmossimon yaltiroqlik deyiladi.
1.4 Tiniqlik.
Minerallar tiniqligiga, ya’ni, plastinkalaridan nurni yaxshi o‘tkazishiga
qarab tiniq, xira va tiniqmas minerallarga bo‘linadi. Tagidagi narsalar aniq
ko‘rinadigan minerallar yarim tiniq (tog‘ xrustali, gips, osh tuzi) g‘ira-shira
ko‘rinadigan minerallar yarim tiniq (opal xalsedon) mineral deb, yupqa